Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus sabab og‘ir vaziyatda qolgan Hindiston xalqiga O‘zbekiston tomonidan insonparvarlik yordami yetkazildi
2.05.2021 14:19,  
177

Xabaringiz bor Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashib, kasallikning ko‘payishi oqibatida kasalxonalar, o‘likxonalar va krematoriyalar bemorlar bilan to‘lib-toshmoqda.  Hind ahli dori-darmon va kislorod topish uchun bosh qotirmoqda. Shunday tang ahvolda qolgan davlatga O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yordam ko‘rsatilishiga qaror qilingan. Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilning 1 may kuni Dehli shahriga insonparvarlik ko‘magi yetkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mobil kislorod konsentratorlari to‘plamlari, ehtiyoj yuqori bo‘lgan turli dori vositalaridan tarkib topgan insonparvarlik yuklari Dehli aeroportida mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov tomonidan mazkur mamlakat Qizil Xoch jamiyati va Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakillariga topshirildi.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Yevroosiyo Departamenti direktori o‘rinbosari Bandaru Vilsonbabu Hindistondagi joriy sanitar-epidemiologik holat keskin og‘irlashgan bir vaqtda O‘zbekiston Rahbariyati tomonidan birinchilardan bo‘lib insonparvarlik yordamini yuborish haqida qaror qabul qilingani O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat oldida faol hamkorlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga sodiq ekanini namoyish etish bilan birga O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi mavjud strategik sherikchilik aloqalarining amaldagi yaqqol isboti ekanini e’tirof etdi.

 

“Bugun do‘st va birodar O‘zbekiston hukumati tomonidan jo‘natilgan insonparvarlik yuklarini qabul qilib olmoqdamiz. O‘zbekiston va Hindiston azal-azaldan yaqin qo‘shni, sinalgan do‘st va hamkor davlatlar hisoblanadi, - dedi Hindiston vakili. – Mamlakatlarimiz an’anaviy ravishda turli masalalarda bir birini doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan va bugun o‘zbekistonlik do‘stlarimiz tomonidan ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami xalqlarimizning samimiy do‘stligi, bir-biriga bo‘lgan ishonchi va hurmatidan dalolat beradi. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston rahbariyati va hukumatiga ushbu murakkab va og‘ir damlarda hind xalqiga ko‘rsatilgan oliyjanob ko‘mak uchun samimiy minnatdorligimizni bildiramiz”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан