Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar yopiladi
15.03.2020 14:46,  
436

O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16 martdan e’tiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda 15 mart, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan. Manbalarning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Avvalroq, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangani, u Toshkentda istiqomat qiluvchi ayol ekani, 11 mart kuni Fransiyadan qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан