Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus sabab qoldirilgan tadbirlar ro‘yxati
16.03.2020 10:47,  
1221

Koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi, «Turkiston», «Zarafshon» va boshqa konsert zallarida o‘tkaziladigan konsert dasturlari, viloyatlar, tumanlar va barcha hududlarda ommaviy tadbirlar vaqtincha qoldirildi.

Shuningdek,

- Navro‘z umumxalq sayllari bekor qilindi. 

- O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Xalqlar do‘stligi» saroyida 10—25 mart kunlari o‘zining yangi yakkaxon konsert dasturini taqdim qilayotgan edi. 16 martdan boshlab konsert boshqa muddatga qoldirildi. 

- «Million» kulgi jamoasining konsert dasturi 28 martdan 6 aprelgacha bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Konsert dasturi belgilangan vaqtidan boshqa kunlarga ko‘chirildi.

- 30—31 mart kunlari Xiva «Turk dunyosi madaniyati poytaxti» tadbiri bekor qilindi

- 14—17 aprel kunlari Buxoro «Islom madaniyati poytaxti» deb topilishi munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar bekor qilindi.

- 21—27 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan «Teatr haftaligi» tadbirlari bekor qilindi.

- 22 mart kuniga belgilangan II Toshkent xalqaro marafoni 11 oktyabrga ko‘chirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан