Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus sabab ro‘za tutmasa ham bo‘ladimi?
23.04.2020 13:38,  
2175

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Al-Azhar xalqaro elektron fatvo markazining koronavirusga oid fatvolarini e’lon qildi.

Koronavirus sabab ro‘za tutmaslikning hukmi

Azharning xalqaro elektron fatvolar markazi shifokorlar yangi turdagi koronavirusni oldini olishga qaratilgan choralar sifatida insonning og‘zi kun bo‘yi nam holda turishligi zarur degan tavsiya berganda Ramazon ro‘zasini tutish hukmi bo‘yicha savolga feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali javob berdi.

Unda keltirilishicha, agar kasallikka chalinmagan bo‘lsa, musulmonga Ramazon oyida og‘iz ochish mumkin emas. Lekin shunga qaramay shifokorlar ro‘za koronavirusga chalinish va u orqali halok bo‘lish xavfini kuchaytiradi degan taqdirda va bu narsa ilmiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topganda, ro‘za tutmaslik mumkin bo‘ladi. Biroq bu narsa hozirgacha ilmiy tasdig‘ini topgan emas.

Masjidlarda namoz o‘qishni to‘xtatishning hukmi

Misr fatvo uyi (Dorul ifto) Azhar shayxi va Misr vaqf vazirining yangi turdagi koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar doirasida, ikki hafta mobaynida, respublikaning barcha hududlarida jamoat va juma namozlarini ado etishni to‘xtatib, azon aytish bilan kifoyalanish qarorlarini ma’qullashini e’lon qildi.

Koronavirus sababli juma namozini uyda o‘qish hukmi

Azharning xalqaro elektron fatvolar markaziga ko‘ra uyda jamoat bo‘lib, xutbalari bilan ikki rak’at o‘qilgan juma namozi ado topmaydi. Hattoki namozxonlar soni ko‘p bo‘lsa ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Uyda xutbasiz to‘rt rak’atdan iborat jamoat bo‘lib yoki yakka-yakka holda peshin o‘qiladi. Kishi erkak va ayollardan iborat o‘z ahliga imom bo‘lib, jamoat holda ado etishi mustahabdir.

Koronavirus sababidan juma namozini o‘qimaslikning hukmi

“Fatvo uyi” quyidagicha javob berdi: jamoat va hattoki juma namozlarini tark qilishga sabab bo‘ladigan qator omillar mavjud bo‘lib, kuchli jala, insonga zahmat yetkazadigan loygarchilik, masjid yo‘lini ko‘rib bo‘lmas darajadagi qorong‘ulik kabi umumiy hamda kasallik, joniga, moliga, ahliga xatar bo‘lishi kabi xususiy omillar shular jumlasidandir. Shuningdek, badbo‘y narsa iste’mol qilish, kuchli mudroq bosishi va shularga o‘xshash holatlar ham jum’a namoziga hozir bo‘lishdan to‘sadi.

Koronavirus pandemiyasi davom etgan taqdirda tarovih namozlarining hukmi

Mashhur Islom da’vatchisi Mabruk Atiyyaga ko‘ra tarovih namozlarini uyda ado etish masjidlarda ado etishdan afzaldir. Chunki tarovihning hukmi sunnat bo‘lib, sunnatlarni uyda ado etish masjidda ado etishdan yaxshiroqdir. Olimning ta’kidlashicha, yig‘ilish musulmonlarga zarar yetishiga sabab bo‘ladigan bo‘lsa, namoz uchun yig‘ilmaslik kerak. Koronavirus sababli masjidlar farz namozlari uchun yopilgan bir paytda sunnat namozlar uchun ochilmasligi o‘z-o‘zidan tushunarli.

Virus yuqishidan qo‘rqib kursiga o‘tirib namoz o‘qish hukmi

Shayx U’vayda Usmon (dorul ifto bosh kotibi): koronavirus yuqishidan qo‘rqib kursiga o‘tirib namoz o‘qish mumkin emas. Musulmon kishi uchun zarur ehtiyot choralarini ko‘rishgina vojib bo‘ladi.

Masjid yopilganda uning tashqarisida juma namozini o‘qish hukmi

Masjid yonida yo maydonlarda yoki binolarning tomida yoki yopilgan masjid ichida kamchilik kirib olib, ustilaridan qulflab juma yoki boshqa jamoat namozlarini ado etib, masjidlarda jamoat va juma namozlarini ado etmaslik qaroriga amal qilmaslik hech kimga joiz emas.

Koronavirus bilan o‘lgan mayyitni yuvishning hukmi

Odatda vafot etgan musulmon g‘usl qildirilib, kafanlanib, janozasi o‘qiladi, lekin vabo tarqalgan va meditsina mayyitni ushlagan tiriklarga o‘tishini isbotlab turgan bir vaqtda mayyit ustidan suv quyilib, uni ishqalamasdan biror chora qilib suv yetkazilishi kifoya qiladi. Bunda g‘assolga kasallik yuqmasligi uchun maxsus kambinzon kiydirish, xonani dezinfeksiyalash kabi mutaxassislar tomonidan beriladigan barcha choralar qo‘llanishi kerak bo‘ladi.

Agar mayyit tanasidan suyuqlik oqish xavfi bo‘lsa, kafan ustidan suv o‘tkazmaydigan material bilan yaxshilab o‘rab qo‘yilishi shart. Kasalxonadan yuvib, o‘rab chiqarilgan mayyit ahllari masjiddan boshqa alohida joyda janoza o‘qib, dafn qilishlari mumkin. Unga janozani jamoatning eng kam miqdori bo‘lgan ikki kishi o‘qisa ham kifoya. Hattoki g‘oibona janoza o‘qilishi ham joiz. Bularning bari muqaddas dinimizning yuksak insonparvarlik maqsadlari bilan hamohang hisoblanadi. Shuningdek, bunga shariatda e’tiborli hujjatlar bor. Zero zaruratlar taqiqlarni bekor qiladi hamda zarurat kerakli miqdorda e’tiborga olinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан