Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus sababli davlat aktivlaridan foydalanayotganlardan ijara puli olinmaydi
25.03.2020 16:58,  
170

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot kotibi Mo‘min Ibodov mamlakatda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, tadbirkorlar uchun yaratilgan quyidagi bir qator qulaylik va yengilliklar yuzasidan axborot berdi.

1. Shu kunga qadar davlat mulki ob’yektlaridan ijara shartnomasi asosida umumiy ovqatlanish, o‘quv markazlari, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boshqa sohalarda foydalanib kelayotgan ammo, karantin sababli Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan tadbirkorlik sub’yektlariga 24 mart sanasidan boshlab, foydalanmagan davri uchun hech qanday ijara puli hisoblanmaydi va to‘lanmaydi.

2. Pandemiya bilan bog‘liq holatda investorlar duch kelgan va duch kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan yana biri investitsiya majburiyatlarining o‘z vaqtida bajara olmaslikdir. Shu bois, vaziyatni yumshatish maqsadida shu davrda investitsiya majburiyatining bajarilishini kechiktirganlik uchun penya hamda jarimalar hisoblanmaydi va majburiyat bajarilmagani uchun shartnomalar bekor qilinmaydi. Aksincha, Inqirozga qarshi kurash Respublika komissiyasi va uning hududiy shtablarining qarorlariga ko‘ra, tadbirkorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishi muddatlari uzaytirib beriladi. 

3. Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat tufayli davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalda bo‘lgan shartnomalarga asosan xarid to‘lovlari o‘z vaqtida bajarilmasa Inqirozga qarshi kurash Respublika komissiyasi va uning hududiy shtablarining qarorlariga ko‘ra, muddat qayta ko‘rib chiqiladi. Tadbirkorlardan yaratilgan bu kabi qulayliklardan foydalanish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalariga hamda hududiy komissiyalarga murojaat qilishlarini so‘raladi.

4. Respublika komissiyasining topshirig‘iga ko‘ra, yuzaga kelgan karantin holatida aksiyadorlarga ham qulaylik yaratish maqsadida xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlislari va aksiyador (ishtirokchi)larning umumiy yig‘ilishlarini onlayn rejimda masofadan turib, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ovoz berish orqali o‘tkazish tizimini bir oy ichida joriy etish yuzasidan Agentlik tomonidan chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Bu bo‘yicha alohida bayonot beriladi.

Savollar va qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalariga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

Telefon: +998712592258, +99871259-21-38

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан