Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus sababli Turkiya, Armaniston va Pokiston Eron bilan chegaralarini yopdi
24.02.2020 09:04,  
746

Armaniston Eronda koronavirus infeksiyasi tarqala boshlangani munosabati bilan, ushbu mamlakat bilan chegarasini yopadi va aviaqatnovlarni ikki haftaga to‘xtatadi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebookʼdagi sahifasida ma’lum qildi.

Turkiya hukumati ham xuddi shunday choralar ko‘rishini ma’lum qilgan. Afg‘oniston va Gruziya Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan, Pokiston esa xuddi Armaniston va Turkiya kabi Eron bilan chegarani vaqtincha yopgan.

Eronda COVID-19 infeksiyasi tarqalishi oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 43 kishi kasallangan. Yana sakkiz kishi ushbu kasallik sabab vafot etgan. Shunday qilib Eron koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha jahonda Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан