Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sayyohlari yo‘q Venetsiya, yopilgan Vezuviy. Koronavirus tufayli huvillab qolgan Italiya suratlarda (fotojamlanma)
10.03.2020 14:49,  
864

2020 yil 9 mart, dushanba kuni Italiya hukumati koronavirus yanada kengroq tarqalmasligi uchun butun mamlakat hududida karantin choralarini amalga kiritdi.  

Karantin qoidalariga ko‘ra, mamlakat shimoliy va markaziy viloyatlarida yashovchi har qanday odam sayohat qilish (bir joydan ikkinchi joyga o‘tish) uchun ruxsat olishi kerak. Milan va Venetsiyada ham karantindan o‘tkaziladi.

Bosh vazir Juzeppe Konte, shuningdek, mamlakat bo‘ylab maktablar, sport zallari, muzeylar, tungi klublar va boshqa ob’yektlarning yopilishini e’lon qildi. Italiya Xitoydan tashqarida bunday keskin choralarni ko‘rgan yagona mamlakatdir. Ushbu tadbirlar 3 aprelga qadar davom etadi.

Mavzuga doir: Italiyada 16 million odam karantinga olindi

Covid-19 koronavirusi Italiyaga qanday ta’sir qilganini quyidagi suratlarda ko‘rishingiz mumkin.

Venetsiyadagi San-Marko maydoni odatda sayyohlar bilan to‘lib toshardi. Endi bu yerda deyarli hech kim yo‘q. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili noyabrda bu maydon Venetsiya tarixida so‘nggi 50 yilda yuz bergan eng kuchli toshqinlar sabab suv ostida qolgandi./REUTERS

Venetsiya faxri bo‘lgan Grand-kanal suv yo‘lagi ham bo‘m-bo‘sh. Gondolalarning aksariyati qirg‘oqdagi ustunlarga bog‘lab qo‘yilgan./REUTERS

Venetsiya shahridagi ushbu qahvaxona “Yo‘qotilgan jannat” deb nomalanadi. Hozir u mehmonlarini yo‘qotgan./GETTY IMAGES

Rimning eng mashhur obidasi – Kolizey ziyoratchilar uchun yopilgan. Onda-sonda ko‘zga tashlanadigan sayyohlar niqob taqib yuribdi./EPA

Italiya janubidagi mashhur Vezuviy vulqoni ham sayyohlar uchun yopilgan./EPA

Koronavirus tarqalishi dastlab Italiya shimolida boshlandi. Buning ortidan ayni hududdagi mahalliy chang‘i kurortlari yopildi. Ponte-di-Leno kommunasida joylashgan ushbu chang‘i yo‘lagidagi go‘zal tabiat manzarasi uzra Italiya bayrog‘igina ko‘rinadi./REUTERS

Italiya shimolidagi Bergamo shahri manzarasi dushanba kuni aynan shunday edi. Bu shahar Lombardiyada, Milandan 40 km uzoqlikda joylashgan./EPA

Bu esa Italiya shimolidagi sayyohlar uchun yana bir jozibali shahar – Turinning markaziy maydonlaridan biri. Turin Pemont provinsiyasining markazi va aholisi soni bo‘yicha mamlakatdagi to‘rtinchi yirik shahar sanaladi./AFP

Turin ko‘chalarida o‘tkinchilar deyarli uchramaydi. Ko‘chaga chiqqan kamsonli odamlar niqob taqib yuribdi./EPA

Bu Italiyada haligacha ishlaydigan eng qadimiy savdo markazi – Milandagi Viktor Emmanuil II galereyasi. U XIX asr oxirida qurilgan. Milan Italiyaning tijoriy poytaxti hisoblanadi./EPA

Milan cherkovi oldidagi maydon. Hozirda sayyohlarning cherkovga kirishi to‘xtatilgan, ibodat qiluvchilar uning bir qismigagina kirishi mumkin./AFP

Atigi ikki kun oldin, o‘tgan yakshanbada Turindagi ushbu stadionda Italiya A Seriyasi doirasida mahalliy “Yuventus” va Milanning “Inter” jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi o‘tgan, muxlislarsiz o‘tgan o‘yinda mezbonlar 2-0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ammo kechadan boshlab butun Italiyada boshqa sport tadbirlari kabi futbol o‘yinlari ham kamida 3 aprelgacha butunlay to‘xtatildi./EPA  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан