Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus simptomlari kuzatilmagan bemorlar uyda qanday davolanishlari kerak? (ekspert tavsiyalari)
16.07.2020 22:22,  
981

Kun.uz sayti muxbiri Abror Zohidov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova bilan suhbatlashdi:

— Bemor barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha uyda davolanishga mos deb topildi. Endi unga qanday tavsiyalar beriladi?

— Bunda bemor va uning qarindoshlari quyidagilarga ahamiyat berishlari shart:

Birinchi navbatda bemor alohidalanishi, xonaga kirish va chiqish qat’iy chegaralanishi kerak.

Ikkinchidan, ajratilgan xona derazalari bor, shamollatish imkoniyati bo‘lishi shart. Bu xona kuniga 3-4 mahal shamollatilishi yoki deraza oynasi ko‘p vaqt ochiq bo‘lishi kerak. Konditsionerlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur, chunki ular xonadagi havoni quritish bilan birga, noto‘g‘ri foydalanilganda shamollashga sabab bo‘lishi mumkin.

Uchinchidan, xonada har 2-3 soatda namli tozalash ishlari o‘tkazilishi zarur. Bu bilan bemordan havo tomchi yo‘li bilan ajralgan virusni turli sathlarga o‘tirib qolishi va shu orqali oilaning boshqa a’zolariga yuqishining oldi olinadi.

To‘rtinchidan, bemorning shaxsiy buyumlari (idish-tovoq, sochiq, kiyim-kechak) 60 darajadan yuqori haroratdagi suvda alohida yuvilishi va zararsizlantirilishi kerak.

Beshinchidan, havo issiqligini ahamiyatga olgan holda, kuniga 3-5 litrgacha iliq holdagi suyuqlik ichilishi kerak. Bunda sovuq va gazli, shirin ichimliklar qat’iy man qilinadi. Suyuqliklar asosan mineral suv, iliq choy (limonli, zanjabilli, qoqili choy), kompot, turli dorivor o‘simliklar damlamasi bo‘lishi mumkin.

Suyuqlikning ko‘p miqdorda berilishi virusning ta’siridagi zaharlanish — intoksikatsiyani kamaytirish bilan birga, qonning quyilib qolishiga yo‘l bermaydi. Suyuq qon orqali shifobaxsh o‘tlar, oziq-ovqat orqali olingan vitamin va minerallar har bir organga to‘liq yetib boradi.

Oltinchidan, bemor kuniga kamiga 5 mahal ovqatlanishi zarur, bunda soat 11:00 va 16:00da tolma choy beriladi. Asosan suyuq ovqatlar, kuniga 400 grammdan kam bo‘lmagan meva va sabzavotlar, sut mahsulotlari va ko‘katlarni iste’mol qilishi zarur. Yog‘li, qovurilgan, achchiq, sho‘r va yarim holda tayyor ovqatlar (hot-dog, gamburger, chips va boshqalar) xamir taomlardan vaqtincha voz kechish kerak.

Baxtimizga hozir ayni pishiqchilik mavsumi. Meva va sabzavotlarga alohida ahamiyat qaratish zarur, chunki ular tabiiy vitaminlar manbayi hisoblanib, ayniqsa virus yuqqan davrda tarkibida S vitamini ko‘p bo‘lgan na’matak, olma, petrushka, ukrop, qizil bulg‘or qalampiri, karam kabi darmon bo‘luvchi mahsulotlar hamma uchun muhim.

Shuningdek, bemor o‘rinda uzluksiz yotmasdan, ertalabki badantarbiya va kun bo‘yi 10 daqiqadan bir necha marta oson jismoniy mashqlarni bajarishi kerak. Bu mashqlar orqali organizmda qon aylanishi yaxshilanadi va organlar to‘laqonli ishlashi ta’minlanadi.

Bemor bu davrda alkogol va tamaki mahsulotlarning zararli ta’siri yana ham ko‘p bo‘lishini unutmasligi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан