Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘tgan haftaning koronavirussiz eng muhim voqealari
22.03.2020 21:47,  
958

Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab davom etayotgan bir vaqtda jahon matbuotida virus haqidagi yangiliklar ustunlik qilmoqda. Shunday vaziyatda hayot virusdan tashqarida davom etmayotgandek tuyuladi. Lekin, aslo unday emas. O‘tib borayotgan haftaning eng yaxshi o‘nta voqeasini quyida e’tiboringizga havola qilamiz.

 

AQShda Jo Bayden o‘z partiyasi ichida Berni Sandersni ortda qoldirmoqda

Jo Bayden amaldagi Donald Trampga qarshi 2020 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida Demokratik partiyadan nomzod bo‘lish uchun raqobatda Berni Sandersni ortda qoldirdi.

11 mart kuni oxirgi to‘rtta shtatdagi yutuqlaridan keyin sobiq vitse-prezident yana uchta shtat - Arizona, Florida hamda Illinoysda g‘alaba qozondi. Baydenning g‘alabali yurushi Janubiy Karolina shtatidan boshlangan edi. 

 

Gretsiya-Turkiya chegarasida suriyalik qochqinlar tangligi davom etmoqda

Sharqiy O‘rta er dengizida davom etayotgan qochqinlar inqirozi osonlashuv belgilarini ko‘rsatmadi, chunki muhojirlar Turkiyadan Yevropaga o‘tishga urinishda davom etishmoqda.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muzokaralar taktikasi sifatida Yevropaga qochqinlarni qo‘yib yuborish bilan bir necha bor tahdid qilgan.

Ikki hafta oldin Erdo‘g‘anning YeI bilan chegaralarni ochib yuborish buyrug‘idan keyin, 35 mingga yaqin odam Gretsiyaga chegaradan o‘tishga harakat qildi.

 

Suriyaning shimoli uchun janglarda ko‘proq turk askarlari halok bo‘lmoqda

Suriyaning shimoliy qismi uchun kurash Turkiya yon bosayotgan muxolif kuchlar va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya rasmiy hukumati o‘rtasidagi Idlib viloyati uchun to‘qnashuvlar bilan davom etmoqda.

Muxolif kuchlar hali ham Idlib viloyatining aksariyat qismlarini, shu jumladan viloyat markazini nazorat qilmoqda, ammo uni Suriya hukumati bombardimon qilmoqda. Turk qo‘shinlari bu hududda muxolif kuchlarni himoya qilish maqsadi bilan yaqinda Asad hukumatining ikkita samolyotini urib tushirdi.

 

Livan o‘zining yevrobondlarini bekor qildi, iqtisodiy inqiroz chuqurlashmoqda

Livan hukumati 2020 yil mart oyidagi obligatsiyalar seriyasini rasman bekor qildi, natijada barcha muomaladagi obligatsiyalar bo‘yicha o‘zaro defolt yuzaga keldi.

Livan juda qarzdor va mamlakatda davom etayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida o‘z qarzlarini to‘lash uchun kurashmoqda.

Gap $32.2 mlrd haqida ketyapti. Rasmiy hukumat o‘z kreditorlari bilan bu masalani hal qilib olishi kerak.

 

Vladimir Putin 2036 yilgacha uni hokimiyatda ushlab turishi mumkin bo‘lgan referendumni ma’qulladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z rolini 2036 yilga qadar uzaytirish to‘g‘risida referendum o‘tkaziladigan qonun loyihasini qo‘llab, o‘z vakolatlarini kengaytirishga harakat qildi. Putinning prezidentlik muddati Rossiya konstitutsiyasiga muvofiq 2024 yilda tugashi kerak.

Biroq, uning 22 aprelda bo‘lib o‘tgan referendumni qo‘llab-quvvatlash harakatining davomiyligi uning hokimiyatda qolish muddatini yana 12 yilga uzaytirishini anglatadi. Putin 2000 yildan beri Rossiya prezidenti bo‘lib kelmoqda. Faqatgina 2008-2012 yillarda bosh vazir lavozimida hukumatni boshqargan.

 

Iroqda AQSh va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Katoyib Hizbulloh o‘rtasida ziddiyatlar kuchaymoqda

Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlariga qilingan hujumga javoban ushbu guruhga qarshi havo hujumlarini amalga oshirayotgani sababli AQSh va Hizbulloh (Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi) o‘rtasidagi keskinliklar kuchaymoqda.

Chorshanba kuni AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi koalitsiyaning uch xodimi Iroqdagi harbiy lagerga raketa hujumida halok bo‘ldi, yana 12 kishi yaralandi.

AQShning Eron bilan ziddiyati yanvar oyining boshida Eron generali Qosim Sulaymoniy o‘ldirilishi bilan nihoyatda kuchayib ketdi.

 

Iqlim o‘zgarishlari pasayganiga qaramay Grenladiya muzlari erishda davom etmoqda

O‘tgan yozda ko‘tarilgan harorat Grenlandiyadan 600 milliard tonna muzni eritib yubordi va dengiz sathidan 2,2 millimetrga ko‘tarildi.

O‘tgan yil rekord darajadagi eng issiq yoz bo‘ldi. Aviatsiya va koronavirus pandemiyasi davrida sanoatning qisman to‘xtab qolishi iqlim o‘zgarishlarida bir qator ijobiy o‘zgarishlarni hosil qilgan bo‘lsa-da, muzlar erishi olimlarni xavotirga solmay qo‘ymadi.

 

AQSh hisobotida Xitoy uyg‘urlarning majburiy mehnatidan foydalanilayotgani ma’lum qilindi

AQSh Kongressi hisobotida Xitoy mamlakatning shimoli-g‘arbidagi uyg‘ur musulmonlari jamoasi a’zolarini majburiy mehnatga jalb qilinganligi aniqlandi, bu AQSh qonunchilarining mintaqadan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilish uchun chaqiruvlariga sabab bo‘ldi.

Ikkala partiya vakillaridan iborat Kongress-Xitoy ijroiya komissiyasi, Shinjon viloyatida, uyg‘urlar yashaydigan uylarda, lagerlarda va fermalarda majburiy mehnat ishlatilganligi haqida hisobot chiqardi. 

 

Niger "Boko Haram" ning 50 nafar ekstremistini o‘ldirganini aytmoqda

Seshanba kuni Nigeriya armiyasi mamlakatning janubi-sharqida Boko Haram tashkilotining 50 nafar ekstremistini o‘ldirdi. Ta’kidlanishicha, hujum Boko Haram joylashgan Nigeriya chegarasiga yaqin harbiy qismga "Boko Haram" hujumiga javoban qilingan.

Boko Haram Afrikadagi Nigeriya hukumatiga qarshi bir necha yillardan beri kurashayotgan terrorchi guruh. U, shuningdek, Niger hamda Kamerunda ham hujumlarni amalga oshirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан