Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus sun’iy kelib chiqishi haqidagi dalillar paydo bo‘ldi
7.06.2021 21:37,  
616

Doktor Stiven Kuey va Berklidagi Kaliforniya universiteti fizika bo‘yicha professor Richard Myullerning «The Wall Street Journal» gazetasida chop etilgan maqolasida aytilishicha, SARS-CoV-2 infeksiyasida tabiiy koronavirusda bo‘lmagan genetik iz mavjud.

Mutaxassislar yangi koronavirusda CGG-CGG kombinatsiyalarida genomlar ketma-ketligini aniqlashdi. Olimlar viruslarning o‘limi va yuqumliligini oshirish uchun uni tez-tez ishlatadilar: bu qo‘shimchaning laboratoriyada yaratilganiga o‘ziga xos ishoradir.

Tabiatda CGG-CGG nihoyatda kam uchraydi. Kuey va Myullerning ta’kidlashicha, tabiiy SARS yoki MERS koronaviruslarida bunday ketma-ketlik yo‘q. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatda yangi koronavirus uni o‘z-o‘zidan hosil qilolmaydi.

«CoV-2ni ham o‘z ichiga oluvchi koronavirusning barcha sinflarida tabiiy ravishda paydo bo‘ladigan CGG-CGG kombinatsiyalari topilmagan. Bu viruslarning yangi ko‘nikmalarni egallash kabi oddiy usuli mazkur holatda ishlamaydi», — deb hisoblaydi olimlar.

Shu tariqa, zoonoz kelib chiqish (patogen hayvondan odamga o‘tishi) tarafdorlari nima uchun SARS-CoV-2 mutatsiya va rekombinatsiya paytida eng kam ketma-ketlik —  ikkitalik CGG ni tanlaganini tushuntirib berishlariga to‘g‘ri keladi, deyiladi maqolada.

«Nega virus laboratoriyada tadqiqotchilar yaratgan kombinatsiyani takrorladi? Ha, bu tasodifan sodir bo‘lishi mumkin edi. Ammo shunga ishonasizmi?» — deb so‘rashdi Kuey va Myuller.

Koronavirus sun’iy kelib chiqishining yana bir isboti o‘laroq amerikalik olimlar SARS va MERS sindromlarini keltirib chiqaruvchi viruslar bilan taqqoslaganda uning genetik xilma-xilligini aytishgan. SARS va MERS tabiiy kelib chiqqan. Ular odamlar orasida tarqalgach tezda rivojlanib eng yuqumli shakllarga aylangan.

SARS-CoV-2 o‘zini boshqacha tutdi: u odamlar orasida allaqachon moslashtirilgan, o‘ta tajovuzkor holatda tarqaldi. Bir necha oy davomida uning hech qanday jiddiy mutatsiyalari bo‘lmagandi. Bunday o‘zgarish ilk bor Angliyada qayd etildi.

Kuey va Myullerning so‘zlariga ko‘ra, bu misli ko‘rilmagan holat: u yangi koronavirus aholi orasida tarqalishidan oldin uzoq vaqt moslashish davridan o‘tganligini anglatadi. Virus bunday yo‘l tutishining yagona yo‘li bor — maksimal samaradorlikka erishish uchun odam hujayralarida o‘stirish va uning tabiiy evolyusiyasini modellashtirish. Bu ish bilan esa funksiyalarni egallagan viruslar mutatsiyasini tadqiq etuvchi laboratoriyalar shug‘ullanadi, deya qo‘shimcha qildi mualliflar.

«CoV-2’da mavjud CGG ketma-ketligi — genlar splaysingini tasdiqlovchi ishonchli dalil. Ilmiy dalillar shuni ko‘rsatadiki, koronavirus laboratoriyada ishlab chiqarilgan», — deya xulosa qilishdi olimlar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан