Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tarqalishi qachon tugaydi?
21.03.2020 22:16,  
8902

Dunyo yopilyapti. Yaqindagina hayot qaynagan shaharlar o‘lik sukunatga cho‘myapti – harakat cheklangan, muassasalar ishlamayapti, maktablar yopilgan, har qanday ommaviy yig‘inlar taqiqlangan. 

Bu – yangi paydo bo‘lgan COVID-19 kasalligiga nisbatan global munosabat, aks ta’sir. Ammo bularning barchasi qachon tugaydi va biz odatiy hayot tarziga qaytamiz?

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakat koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni kelgusi 12 hafta ichida ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.

Biroq yaqin 3 oy ochida virusga chalinganlar soni pasayishni boshlagan taqdirda ham bu hali hammasi tugaganini anglatmaydi. 

Aniqroq aytganda, virus tarqalishining salbiy oqibatlari barham topishi uchun yillar kerak bo‘lishi mumkin. 

Shubhasiz, hozirgi karantin choralari jamiyatlarning katta qismi uchun uzoq muddatli istiqbolda o‘ta noqulay – bunday choralar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy zararlar halokatli bo‘ladi. 

Cheklovlarni bekor qilish va odatiy hayotga qaytish uchun mamlakatlarga “muammodan chiqish strategiyasi” kerak.

Lekin koronavirus yo‘q bo‘lishni istamayapti. Agar siz virusni tarqalishdan to‘sib turgan cheklovlarni bekor qilsangiz, undan zararlanish holatlari muqarrar o‘sib ketadi.     

“Bizda katta muammo yuzaga keldi. Bundan chiqish uchun qanday strategiya qo‘llash kerak? Buyuk Britaniya bunday muammo bilan bilan to‘qnishgan yagona davlat emas. Ammo hali bironta mamlakatda bundan chiqish chorasi yo‘q”, deydi Edinburg universitetidan yuqumli kasalliklar epidemologiyasi bo‘yicha professor Mark Valhaus. 

Bu ilmiy va ijtimoiy chaqiriqdir. 

Hozirgi tartibsiz sarosimadan (xaos) chiqish yo‘li uchta:

 

  • Vaksina bilan emlash
  • Yangi koronavirus birinchi marta yuqqandan keyin unga nisbatan immunitet hosil bo‘lishi
  • Ijtimoiy xulqni o‘zgartirish  

 

Bu uch holatdan har biri virus faolligi va uning tarqalishini pasaytiradi.

Vaksina – 12-18 oydan keyin

Vaksina organizmda kasallikka qarshi immunitet hosil qiladi va virus bilan to‘qnashgan inson undan zararlanmaydi. 

Agar yetarlicha miqdordagi insonlar, masalan, aholining taxminan 60%i virusga qarshi emlansa, uning tarqalishini bartaraf etsa bo‘ladi. 

Shu hafta boshida AQShda birinchi sinov vaksinasi tayyorlanib, uni hayvonlarni chetlab o‘tgan holda odamlarda tekshirib ko‘rishga ruxsat berildi. 

Tadqiqot jarayoni juda tez o‘tyapti, biroq tajribalar muvaffaqiyatli tugashiga ham, tayyorlangan dori vositasi global miqyosda qo‘llanilishiga ham hech qanday kafolat yo‘q. 

Shu bilan birga agar vaksina tayyor bo‘lsa ham faqat 12-18 oydan keyingina uni dunyo bo‘yicha qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘linadi.

Dunyo mamlakatlari esa shuncha vaqt davomida karantinda o‘tira olmaydi. Bu mutlaqo imkonsiz holat.

Tabiiy immunitet – kamida ikki yil

Koronavirusga qarshi Buyuk Britaniyaning strategiyasi kasallanish holatlarining umumiy miqdorini kamaytirish va kasalxonalar to‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik sanaladi. Sababi, intensiv terapiya bo‘limida yotoq o‘rinlari tugasa, o‘lim miqdori oshib ketadi. 

Virus bilan zararlanish holatlari qisqarib borgani sari aholiga qo‘yilgan bir qator cheklov choralari virusning keyingi tarqalishigacha, demakki, yangi cheklovlargacha bekor qilinishi mumkin. 

Ammo bu qachon bo‘ladi, hozircha aniq emas. 

Buyuk Britaniya hukumati maslahatchisi ser Patrik Vallansning aytishicha, “aniq muddatlarni aytish imkonsiz”. 

Borgan sayin tobora ko‘proq odam virusdan zararlanayotgan ekan, bu oxir-oqibat jamoaviy immunitet shakllanishiga olib keladi.   

Lekin London Imperial kollejidan professor Nil Fergyusonning fikricha, bunday immunitet hosil bo‘lishi uchun kamida ikki yil kerak bo‘ladi. 

Ayni paytda boshqa savol ham bor: bu immunitet qanchaga yetadi? Axir, bu – SARS-CoV-2 virusidan boshqa koronaviruslar ham bor, yana u mutatsiyaga uchrashi va natijada yangi kasallanish holatlari ham kelib chiqishi mumkin. 

Nima qilish kerak?

“Uchinchi yo‘l – xulqimizni o‘zgartirishimiz. Bu virusning boshqalarga o‘tishini past sur’atda ushlab turishga imkon beradi”, deydi professor Valhaus. 

Bu esa doimiy ravishda bir qator ijtimoiy cheklovlarga amal qilish, virusga qarshi qat’iy tekshiruvlar o‘tkazish va bemorlarni izolyasiya qilishni ko‘zda tutadi. Shu yo‘l bilan har qanday infeksiyaning tarqalishiga chek qo‘yish mumkin. 

“Zararlanish holatlarini erta aniqlash va bemor aloqa qilgan shaxslarni kuzatish virus tarqalishining birinchi to‘lqinida ish bermadi. Albatta, koronavirusga qarshi dori vositasi ishlab chiqilishi boshqa choralarni ham amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, uni odamlarda kasallik alomatlari paydo bo‘lishi bilan qo‘llash virusning tarqalib ketishini to‘xtatadi”, deb qo‘shimcha qiladi professor Valhaus.

Yoki kasallikdan o‘lim holatlari kamroq bo‘lishi va intensiv terapiyaga tushadigan bosimni kamaytirish uchun bemorlarni yoppasiga kasalxonada davolash lozim. Shunda, ehtimol global karantinga hojat ham qolmas.  

Kasalxonadagi intensiv terapiya o‘rinlari sonini oshirish ham shunday natijaga olib keladi – virusning yirik miqyosda tarqalishiga qarshi chora ko‘rishni osonlashtiradi.

Men Buyuk Britaniyaning bosh tibbiy maslahatchisi, professor Kris Uittidan bu inqirozdan chiqish strategiyasi haqida so‘radim. U shunday javob berdi: “Albatta, uzoq muddatli, ammo yagona chora bu – vaksina ishlab chiqish. Hammamiz umid qilamizki, bu imkon qadar tezroq ro‘y beradi”. 

Jeyms Gallaher

Bi-Bi-Sining salomatlik va ilm-fan masalalari bo‘yicha muxbiri

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан