Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tasdiqlangach homiladorlik davom ettiriladimi yoki to‘xtatiladimi?
22.08.2020 15:54,  
414

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. 

Brifingda aholi murojaati va savollari yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan homilador ayolda tug‘ruq muddati yetmagan bo‘lsa, homiladorlik davom ettiriladimi yoki homiladorlik to‘xtatiladimi?

Javob: Shoshilinch tug‘ruq va homiladorlikni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish murakkab bo‘lib, gestatsion yosh, ona ahvolining og‘irligi, homilaning yashab ketishi va sog‘lomligi kabi juda ko‘p omillarga asoslangan.

Agar koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgan homilador ayolning ahvoli og‘ir yoki o‘ta og‘ir deb baholanadigan bo‘lsa, diagnostik mezonlarga muvofiq, hayotiy ko‘rsatmalarga ko‘ra, homiladorlik muddatiga qaramay tug‘dirishni amalga oshirish kerak.

Hozirgi kunda homilador ayollarda homila uchun jiddiy asoratlar xavfi yuqoriligi to‘g‘risida hech qanday dalillar mavjud emas.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан