Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor Putin bilan ko‘rishgach “sog‘ayib ketdi”
28.03.2020 16:03,  
1176

24 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmagan tashrif bilan Kommunarka (Moskva)dagi shifoxonaga borgan edi. U yerdagi palatalardan birida prezident Garkavi ismli bemor bilan uchrashadi. Uchrashuvdan so‘ng Garkavi tezda "tuzalib ketdi".

Bu voqea runetda ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Kimdir uni FSB xodimi deb atagan bo‘lsa, yana birov "Mosfilm"ning aktyori deb atadi. Meduza nashri ushbu bemor bilan suhbat uyushtirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dmitriy Garkavi Sechenov nomidagi birinchi tibbiyot universiteti davolash-diagnostika alohida klinikasi rahbari, yosh ortoped-shifokor ekan.

U 19 mart kuni Kommunarkadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga koronavirus ehtimoli bilan yotqiziladi. Birinchi analiz natijalari salbiy chiqadi, ya’ni unda koronavirus aniqlanmaydi.

Garkavi chet elda bo‘lmagan. Nima uchun aynan u bilan ko‘rishgani so‘ralganda, "Birinchidan, menda koronavirus aniqlanmadi va bu xavfsizlikni ta’minlaydi, ikkinchidan, men shifokorman, men unga virus haqida aljiramayman" deb javob beradi.

Garkavi tashrif haqida oldindan ogohlantirilmagan, ya’ni tayyorlanmagan bo‘ladi. Faqat ikki daqiqa oldin unga bu haqda xabar beriladi.

U hozirda ahvoli yaxshiligini va koronavirus uchun uchinchi test topshirganini aytib so‘zlarini yakunlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан