Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus to‘xtashni bilmayapti - Niderlandiya, Litva, Belorus, Nigeriya, Yangi Zelandiya...
28.02.2020 11:05,  
885

Koronavirus yuqtirish bo‘yicha ilk holat Niderlandiya hududida kuzatildi. Bu haqda sog‘lik va atrof-muhitni saqlash milliy instituti Tvitter sahifasida xabar berildi.

Koronavirus Tilburg shahrilik, yaqinda Italiyaning Lombardiya viloyatidan qaytgan shaxsda aniqlangan. Hozirda bemor karantinda. 

Shuningdek, Litvada ham koronavirus bo‘yicha ilq holat qayd etildi. Bu haqda Litva sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bemor hozirda Shyaulyay shahridagi kasalxonada davolanmoqda. U izolyasiya qilingan. Bemor koronavirusni Italiyaning Verona shahrida yuqtirgani aytilmoqda.

Koronavirus Belorusga ham yetib keldi. 22 fevral kuni Boku orqali Minskka uchib kelgan eronlik talabada COVID-19 aniqlandi. Bu haqda Belorus sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Talaba bilan kontakda bo‘lganlar ham karantinga olingan va Minsk infeksion kasalliklar kasalxonasining alohida yopiq bo‘limiga joylashtirilgan.

Nigeriya sog‘liqni saqlash vazirligi ham mamlakatda koronavirus yuqtirish holati ilk bor qayd etilganini ma’lum qildi. 

Yangi Zelandiya sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Bali orqali Erondan qaytgan 60 yoshli fuqaroda koronavirus aniqlandi. 

Mavzuga doir: Koronavirus Yevropaga tez kirib bormoqda - Daniya, Ruminiya, Finlandiya, Estoniyada ilk holatlar qayd etildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан