Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Facebook koronavirus sababli AQShdagi konferensiyani bekor qildi
15.02.2020 12:26,  
107

Amerikaning Facebook shirkati kelasi oyda San-Fransisko (AQSh)da o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Global Marketing Summit konferensiyasini bekor qildi deb xabar beradi San Francisco Chronicle gazetasi.

Buning sababi sifatida koronavirus tarqalish xavfi ko‘rsatilmoqda.

"Ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda, biz koronavirus bilan bog‘liq sog‘liq uchun xavflarni hisobga olgan holda Global Marketing Summit’ni bekor qildik", dedi gazetaga intervyu bergan kompaniya vakili Entoni Xarriston.

Hozirga qadar (15.02.2020, 10:00) koronavirus yuqtirib olgan bemorlar soni 67088 nafar kishini tashkil qiladi. Bu virus 1526 nafar insonning hayotiga zomin bo‘ldi.

AQShda 15 nafar inson koronavirusni yuqtirib olgan.

Xitoydan tashqari yana 29 mamlakatda koronavirus qayd qilingan.

Filippin, Gonkong, hamda Yaponiyada (Xitoydan tashqari) 1 nafardan inson virus tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан