Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tufayli Federal zaxira tizimi favqulodda foiz stavkalarini pasaytirishga tayyorlanmoqda
3.03.2020 17:11,  
429

Jahon iqtisodiyotining eng yirik derjavasi koronavirusga reaksiya bildiryapti: AQSh prezidenti ma’muriyati zudlik bilan foiz stavkalari pasaytirilishini talab qildi va Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, bu safar Federal zaxira tizimi bunga tayyor.

Donald Tramp ma’muriyati favqulotda foiz stavkalarining pasaytirilishi “epidemiyaga qarshi iqtisodiy kurashning eng ko‘p muhokama qilinayotgan chorasi” deb hisoblamoqda. Moliya vaziri Stiven Mnuchin, Trampning o‘zi va uning bosh iqtisodiy maslahatchisi Larri Kudlou AQSh Markaziy banki (Federal zaxira tizimi)ni sustkashlikda aylamoqda.

Federal zaxira tizimi 17 – 18 mart kunlari yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirgan. Favqulodda stavkalarning pasaytirilishi tufayli yig‘ilish oldinroq o‘tkazilishi mumkin.

Juma kuni FZT rahbari Jerom Pauell koronavirusni AQSh “iqtisodiyoti uchun o‘sib borayotgan risk” deb atadi va iqtisodiyotni o‘z vositalari bilan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Moliya vaziri Mnuchin G7 mamlakatlaridagi hamkasblari bilan telefon suhbatlarida ularga tegishli maslahat berdi.

Oxirgi majlisida FZT foiz stavkasini 1,5 – 1,75 %da saqlab qolgan edi.

AQSh qonunchiligiga ko‘ra, Federal zaxira tizimi hukumatdan mustaqil organ bo‘lib, u mamlakat bank tizimi barqarorligini ta’minlaydi va AQSh dollari emissiya qilishda eksklyuziv huquqlarga ega. Prezident Donald Tramp ma’muriyatining bir qancha so‘rovlarini rad etgan va uning buyrug‘ini bajarmagan.

Mavzuga doir: Koronavirus tufayli jahon brendlari kapitalizatsiyasi $5 trlnga kamaydi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан