Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tufayli jahon brendlari kapitalizatsiyasi $5 trlnga kamaydi
28.02.2020 19:16,  
204

Koronavirusning tarqalishi xavfi bilan bog‘liq kotirovkalarning pasayishi jahon fond bozorlariga 5 trln dollarga tushdi. Buni Reuters agentligi mutaxassislari hisob-kitob qilib chiqdi.

2019 yil oxirida davlat kompaniyalarining umumiy kapitallashuvi 90 trillion dollarga yaqinlashdi — mos ravishda virus ushbu miqdorning deyarli 6 foizini "yedi".

Yakunlovchi savdo haftasi 2008 yildagi global moliyaviy inqirozdan keyingi eng halokatli bo‘ladi. Juma kuni Osiyo bozorlari 3-4% pasayishi bilan yopildi, AQSh bozorida pasayish boshlanishi kutilmoqda (AQSh bozorlari hali yopilmadi — sof.uz).

Juma kuni Brent bahosidagi neft narxi $50 gacha arzonladi, WTI markali neft esa 12 yillik tarixiy minimum darajasiga qadar tushib ketdi.

Taxminan 50 ta mamlakat bozorlariga ta’sir ko‘rsatuvchi MSCI (Morgan Stanley Capital International World Index) moliyaviy indeksi 1% ga pasaydi, hafta boshiga nisbatan esa 10 %ga qadar.

CBOE (Chicago Board Options Exchange)ning o‘zgaruvchanlik indeksi 40 punktga yaqinlashdi. Bu 2008 yilgi inqiroz davridagidan ham pastroq ko‘rsatkich.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан