Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tufayli Olimpiada o‘yinlari bekor qilinishi mumkin
26.02.2020 13:44,  
231

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) uch oy ichida 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlari bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qiladi, musobaqalar koronavirus sababli bekor qilinish xavfi ostida.

Tokiodagi o‘yinlar Tashkiliy qo‘mitasi may oyiga qadar musobaqalarni o‘tkazish vaqtida COVID-19 bo‘yicha xavfsizlikni ta’minlashi shart. Agar kafolatlar olinmasa, Olimpiadani bekor qilishga to‘g‘ri keladi.

«[Ҳозирданоқ] xavfsizlikka e’tibor qaratish kerak, Olimpiya shaharchasida va mehmonxonalarda ovqatlanishni kuzatib borish kerak», — dedi XOQ a’zosi Richard Paund Associated Press agentligiga bergan intervyusida.

Rasmiy o‘yinlarning boshqa mamlakatga ko‘chirilishini ham ehtimoldan yiroq, deb hisoblaydi, chunki dunyoda musobaqalar uchun qisqa muddatda tayyorgarlik ko‘ra oladigan joylar juda kam.

Richard Paund koronavirusni Tashkiliy qo‘mita «duch kelishiga to‘g‘ri keladigan» «yangi urush» deb atadi. U sportchilarni mashg‘ulotlarni davom ettirishga undadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishonchsizlik jiddiy muammodir va XOQ har qanday qadamida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMT bilan maslahatlashishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан