Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tufayli Shimoliy Koreyada amaldor otib tashlandi
14.02.2020 09:24,  
3061

Xitoyga tashrif buyurgan Shimoliy Koreyaning savdo vakili KXDRga qaytganidan keyin karantin qoidalarini buzganligi uchun qatl etildi, deb xabar beradi Daily Mail koreys ommaviy axborot vositalariga tayanib.

Donga gazetasida aytilishicha, erkak karantinni tark etib, jamoat hammomiga borgan. Eslatib o‘tamiz, mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Xitoyga tashrif buyurgan KXDR fuqarolariga nisbatan harbiy xavfsizlik qonunlari joriy qilingan.

Amaldor karantinga joylashtilgan. KXDRdagi bu amaliyot, fuqarolarning qo‘shni mamlakatga tashrif buyurishi bilan bog‘liqdir. Qonunni buzganligi uchun amaldor o‘limga hukm qilindi. Hukm ijro etildi.

Shuningdek, Shimoliy Koreyaning yana bir mulozimi Xitoyga tashrif faktini yashirishga uringanidan keyin uzoq fermaga surgun qilinganligi aytilmoqda. Shimoliy Koreya eng qattiq karantin choralarini ko‘rdi. Xitoy bilan chegarani deyarli butunlay to‘sib qo‘ydi. KXDRda hali ham bironta koronavirus holati qayd etilmagan, deya mk.ru xabar bermoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан