Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tufayli styuardessaning xayrlashuv nutqi yo‘lovchilarni ta’sirlantirdi (video)
27.03.2020 16:08,  
1514

Styuardessaning koronavirus pandemiyasi tufayli aviakompaniya faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani haqida nutqi Virgin Australia yo‘lovchilarini to‘lqinlantirdi. Videoda styuardessa bu xabarning ko‘zda yosh bilan o‘qib bergani tasvirlanadi.

"Barchamiz birga bo‘lib ushbu xaos paytida boshimizni baland ko‘targanimizdan faxrlanib, sizlarga minnatdorchilik bildiraman. Kuchli insonlar hamjihat bo‘lganda og‘ir kunlar uzoq davom etmaydi. Kema kapitani Elster Marshall, birinchi rang ofitseri Dikson, Kevin, Kyurik, Ella, Djinni, Konor, o‘zim va Yangi Zelandiyaning barcha havo yo‘llar kompaniyalari nomidan sizlarga chin yurakdan tashakkur bildiramiz hamda tez orada sizlarni yana osmonda ko‘rishdan umid qilamiz", dedi bort kuzatuvchisi Kessi Epplton.

Dunyo bo‘ylab o‘nlab aviakompaniyalar pandemiya davrida parvozlar sonini va xodimlarning sonini kamaytirmoqda. 

Express nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi kompaniyalar vaqtincha ishchilarni ishdan bo‘shatishgan va buni ularga ish haqini to‘lashning iloji yo‘qligi bilan izohlashgan. Xuddi shu sabablarga ko‘ra ba’zilar xodimlarning katta qismini ishdan bo‘shatishgan.

Avvalroq, Vetnamning Vietjet aviakompaniyasi yo‘lovchilarga ichki reyslarda koronavirus bilan kasallanganlarni aniqlaganlarga mukofot va’da qilgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан