Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus tufayli Xitoy ekologiyasi yaxshilanmoqda
2.03.2020 17:44,  
804

NASA va Yevropa kosmik agentligining sun’iy yo‘ldoshlari 2020 yil fevral oyida Xitoyda havo ifloslanishining sezilarli darajada pasayishini qayd etdilar. Bu koronavirus tufayli mamlakatda iqtisodiy faollikning pasayishi bilan bog‘liq.

CNN telekanalining xabar berishicha, NASA ifloslanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi ikkita rasmni chop etdi. Birinchisi, Xitoy hukumati karantin choralarini ko‘rishni boshlashidan oldin, 1 dan 20 yanvargacha bo‘lgan vaziyatni, ikkinchisi esa 10-25 fevral kunlari, karantin, cheklovlar joriy qilingan paytni aks ettiradi.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, atmosferaga gaz chiqarilishining kamayishi birinchi marta Uxan hududida qayd etilgan, u yer Xitoydagi epidemiya markazi hisoblanadi va virus ko‘payib borayotganda shaharda karantin e’lon qilingan edi.

Xitoy Kanada havosini sotib ola boshladi

2015 yilda Xitoyning ekologik ahvoli shunday xavfli darajaga yetdiki, niqoblar va respiratorlar yetishmay qoldi. Vaziyat shu qadar yomonlashdiki, xitoyliklar toza havo sotib ola boshladilar. Edmontonlik (Kanada) tadbirkorlar Pekin aholisini qutqarishga kelishdi. Ular Xitoyga har biri 15 dollarlik havo balonlarini yetkazib bera boshladi. Bu Xitoy poytaxtidagi bir shisha mineral suvdan 50 baravar qimmat.

Kanadaning Vitality Air shirkati sinov tariqasida Banf Milliy bog‘i (Kanada)ning havosidan 7,7 litrli balonlarda 500 dona Xitoyga yetkazib berdi. Kompaniya o‘z mahsulotini "qadoqlash" uchun bir nechta variantni taklif qiladi – 3 litrdan 7,7 litrgacha.

Keyinchalik Xitoyda havo balonlarning birinchi partiyasi 4 kun ichida sotildi. Shundan so‘ng, yana 4000 balon Chin yurtiga yuborildi. Kanadalik startaperlarning rejalari bu bilan cheklanmaydi. Ular uchun eng qiyini texnologik cheklov bo‘ldi — balonlar havo bilan qo‘lda to‘ldirilgan. Shu tufayli Vitality Air xitoyliklarning katta talabini qondira olmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан