Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus vaksinasini kimlarga qo‘llab bo‘lmasligi ochiqlandi
1.12.2020 12:08,  
1074

Koronavirus vaksinasi bilan kimlarni emlash mumkin emas? Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAdagi brifingda ushbu savolga javob berdi.

Bugungi kunda koronavirusga qarshi vaksina dolzarb hisoblanadi. Chunki ko‘plab mamlakatlarda vaksinalar ishlab chiqilgan va klinik sinovlarning uchinchi bosqichini o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Klinik sinovlarning ushbu bosqichi yakunlangandan so‘ng aholini emlash bosqichlari boshlanadi. Aholini ommaviy emlashda albatta vaksinaga qarshi ko‘rsatmalarni hisobga olish zarur.

Koronavirus vaksinasining qarshi ko‘rmatmalariga ko‘ra, uni kimlarga qo‘llash mumkin emas:

- Vaksina tarkibidagi moddalarga allergiyasi bo‘lgan kishilarga;

- Organik o‘zgarishlar bilan asab kasalliklari rivojlanishi bo‘lgan shaxslarga (miya falaji tashxisi, sudoroga sindromi, epilepsiya);

- Orttirilgan immuntanqislik sindromi (OIV — SPID) mavjud bemorlarga;

- Surunkali kasalliklar kuchayishi, kasallikning o‘tkir bosqichlari vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar kasb etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан