Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus xavfi sabab o‘qituvchi va talabalarning xorijga chiqishi chegaralanadi
4.03.2020 11:54,  
402

Sog‘liqni saqlash vazirligi yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida  profilaktik chora va nazoratni  kuchaytirish, tegishli sanitariya tadbirlarini amalga oshirish orqali murabbiy  va talaba-o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim vazirligi bilan ham qo‘shma qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, o‘qituvchi va talabalarni o‘qish, malaka oshirish va tajriba almashuvi bo‘yicha alohida ko‘rsatma bo‘lmaguncha  xorijga, ayniqsa, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan davlatlarga chiqishlarini chegaralash, barcha xalqaro tadbirlar, olimpiadalar va shu kabi boshqa tadbirlarni ham  o‘tkazmaslik va ularda qatnashish uchun chet mamlakatlarga bormaslik hamda O‘zbekistonga kelayotgan chet ellik talaba va o‘qituvchilarning vaqtinchalik kirishini chegaralash choralarini qat’iy ko‘rish vazifalari belgilandi.

Shuningdek, mazkur hujjat bilan ta’lim muassasalarida talabalarning har kunlik tana haroratini o‘lchash, kunlik kuzatuvlarni olib borish, o‘tkir respirator infeksiya kasalligi belgilari aniqlanganlarni tibbiy punktga olib borish, talaba va o‘quvchilarning shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlarini muntazam nazorat qilish, auditoriyalar, talabalar turar joylari va boshqa xonalarda kunlik dezinfeksiya tadbirlarini muntazam  o‘tkazish, tanaffus vaqtlarida barcha xonalarni shamollatish kabi profilaktik tadbirlarni qat’iy amalga oshirish ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bilan birga, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish uchun sharoit yaratish, talaba va o‘quvchilarga qo‘llarini kuniga bir necha marotaba sovunlab yuvishini tavsiya qilish, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan  koronavirus infeksiyasining oldini olish bo‘yicha tayyorlangan  tarqatma materiallarni barcha talabalarga yetkazish kabi vazifalar ham aks etgan. Bundan tashqari, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va dezinfeksiya tadbirlarini bajarilishi bo‘yicha har bir ta’lim muassasaning rahbari shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан