Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus yuqmasligi uchun nima qilish kerak?
31.01.2020 12:36,  
1766

Koronaviruslar odatda nafas olish, oshqozon-ichak va nerv sistemasi organlarini zararlantiradi. Uxan shaharida tarqalgan nCoV-2019 o‘pka alveolalarini kuchli zararlab, zotiljam kasalligini keltirib chiqarmoqda. Mutaxassislar ushbu virus yuqmasligi uchun quyidagilarni tavsiya qilishmoqda:

- shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish muhim hisoblanadi. Buning uchun qo‘llarni doimiy, har 1-2 soatda bir marta sovunlab yuvish, ko‘chadan uyga kirganda, hojatdan keyin, ovqat tayyorlashdan avval, odamlar bilan ko‘rishgandan keyin albatta yuvish kerak;

- imkon qadar jamoat joylariga bormaslik;

- ko‘chaga chiqishdan avval og‘iz va burunni to‘suvchi tibbiyot niqoblaridan foydalanish;

- doimiy ravishda har 15-20 minut oraliqda 50-55 gradus issiqlikdagi suv ichib turish;

- faqat yangi tayyorlangan va issiq ovqatlarni iste’mol qilish;

- hayvon mahsulotlari: go‘sht, baliq, tuxum, sut iste’mol qilmaslik yoki iste’mol qilganda ham yaxshilab pishirib so‘ng iste’mol qilish;

- yetarlicha uxlash, dam olish va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib turish.

Ushbu virusda odamlarga nimalar yordam bermaydi:

- qo‘lga turli qo‘lqoplar kiyib yurish;

Sababi virus qo‘ldan yuqmaydi, og‘iz, burun, ko‘z yoki umuman shilliq qavatlar orqali yuqadi. Qo‘lga qo‘lqop kiyish emas, aksincha uni doimiy yuvib turish kerak.

- turli antibiotiklardan foydalanish;

Antibiotiklar viruslarni emas, aksincha bakteriyalarni o‘ldiradi, ular viruslarga deyarli ta’sir qilmaydi.

- piyoz, sarimsoqni ko‘p va tez-tez iste’mol qilish;

Bu sabzavotlar o‘z tarkibida fitonsid saqlagani uchun kuchli antibakterial vosita hisoblanadi, lekin antiviruslik xususiyati yo‘q. Virus vaqtida piyoz sizga yordam bermaydi.

Agar sizda virus yuqishining biror alomati kuzatilsa, o‘ylab o‘tirmasdan darhol shifokorga murojaat qiling. Bunda og‘iz burningizni niqob bilan to‘sing, hech kim bilan gaplashmang, aksirganda yoki yo‘talganda og‘zingizni to‘sing.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан