Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus yuqqanini qanday bilish mumkin?
1.04.2020 10:43,  
5969

Bu borada sizlarga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarqatgan ma’lumotlar asosida quyidagi post orqali soddaroq tushuntirishga harakat qilaman.

COVID-19 kasalligining o‘ziga xos ajralib turadigan alohida belgisi yo‘q. U ba’zan hech qanday simptom hosil qilmasligi ham mumkin, lekin odatda shamollashga o‘xshash belgilar bilan yuzaga keladi. Hozirgacha 550 mingga yaqin virus yuqtirgan odamlarni kuzatib JSST kasallikning quyidagi belgilarini xabar beradi

Belgi to‘g‘risidagi foiz - umumiy kasallanganlarning necha foizida shu belgi kuzatilganini bildiradi. 

- isitma - 87,9% 
- quruq yo‘tal - 67,7%
- charchoq, holsizlik - 38,1%
- balg‘am ajralishi - 33,4%
- anosmiya (hid bilishning yo‘qolishi) - 30-66%
- nafas qisishi - 18,6%
- muskullarda yoki bo‘g‘imlarda og‘riq - 14,8%
- tomoq og‘rig‘i - 13,9%
- bosh og‘rigi - 13,6%
- sovqotib titrash - 11,4%
- ko‘ngil aynishi va qusish - 5%
- burun bitishi - 4,8%
- diareya (ich ketishi) - 3,7-31%
- qonli balg‘am tupurish - 0,9%
- konyuktivit - 0,8%

Mana shu belgilar borligi sizda aniq koronavirus bor degani emas, bu belgilar boshqa holatlarda ham kuzatilishini hisobga oling. Lekin shu belgilar kuzatiladigan bo‘lsa og‘iz burningizni maska bilan to‘sib, o‘zingizni boshqalardan izolyasiya qilib, yashash joyingizdagi sog‘liqni saqlash tizimiga xabar bering.

Xitoyda ham bu belgilar bilan kasalxonaga mln dan ortiq odam murojaat qilgan, test qilingach ularning akariyatida virus aniqlanmagan. Shu bois vahimaga berilmang, o‘zingizni ehtiyot qiling.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан