Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus yuqtirib tuzalgan odamga yana qayta yuqishi mumkinmi?
27.03.2020 21:31,  
2957

Savolga umumiy holatda ha yoki yo‘q deb javob berib bo‘lmaydi. Sababi bu virus kashf qilinganiga endigina uch oy bo‘ldi va undan tuzalgan odam qonidagi virusga qarshi hosil bo‘lgan immunitet uzoq muddatlimi yoki qisqa muddatlimi, mana bu savolga javob berish juda ham mushkul. Sababi biz bu haqida hali hech narsa bilmaymiz.

Biroq, fevral oyida Yaponiyadagi bir ayol koronavirus yuqib shifoxonada davolanib, sog‘ayib chiqqach, yana test topshirganda natija virusga ijobiy chiqqani haqida xabar tarqalgan edi. Bunday holat Yaponiyadagi boshqa bir erkakda ham sodir bo‘lgan. Xitoyda ham fevral oyida qayta yuqish holati haqida xabar berilgan edi. 

Bu holatlar odamlarda virusga qarshi to‘laqonli immunitet hosil bo‘lmas ekanda degan qo‘rquvni yuzaga keltiradi. Agar shunday bo‘lsa bu to samarali vaksina kashf qilinmaguncha ushbu infeksiya bilan qayta va qayta zararlanish mumkinlini bildiradi.

Olimlar esa Yaponiya va Xitoydagi holatlar haqida fikr bildirishar ekan, bu kabi qayta zararlanish haqidagi xabarlar aniq ilmiy xulosa bermaydi, balki ular sog‘ayganligi haqidagi natijani tekshirayotgandagi test bilan xatolik o‘tgan bo‘lishi mumkin, xullas bu borada biror narsa aytishga hali juda erta, hammasini ilmiy asosda tekshirishimiz lozim deyishmoqda. 

Shu orada 14 martda bioxriv ilmiy jurnalida chiqqan bir ilmiy maqolani uchratib qoldim. Unda yozilishicha, Pekindagi Xitoy tibbiyot akademiyasi olimlari 4 ta maymunga COVID-19 virusini yuqtiradilar. Bir hafta o‘tgach ularda kasallik belgilari paydo bo‘ladi. Maymunlar ikki hafta davomida davolanadi. Ular tuzaladi. Tuzalgach ularning qonidan virusga qarshi antitana hosil bo‘lganini aniqlashadi. Keyin olimlar maymunlarning ikkitasiga qayta virus yuqtirishadi, lekin ularda immunitet bo‘lgani uchun kasal bo‘lishmaydi. Olimlar ushbu ko‘rsatkich hozircha bizga dalda bermoqda, chunki hayvonlarda o‘tkazilgan tajribada virusning qayta yuqishi aniqlanmadi deyishmoqda. 

Lekin baribir biz hali bu immunitet uzoq muddatlimi yoki qisqa muddatlimi buni bilmaymiz, shu bois to bu savolga to‘la to‘kis aniqlik kiritilgunicha barcha o‘zini ehtiyot qilib turishi kerak.

Qisqa xulosa shuki, virusdan tuzalgan odamga hozirning o‘zida qayta virus yuqtirmaydi, lekin bir yoki ikki oydan keyinchi degan savolga hech kim javob bera olmaydi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан