Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusda osma ukol (kapelnitsa) olish o‘lim xavfini oshirishi aytildi
1.08.2020 10:29,  
494

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusda osma ukol (kapelnitsa) olish zararli va o‘lim xavfini oshirishini ma’lum qildi.

— Odamlar «Oldin shamollaganimda osma ukol olgandim, yana bir marta olsam, o‘tib ketadi deb o‘yladim» deyishadi. Kasallikning 6-7-kuniga borib, ularning ahvoli og‘irlashishni boshlayapti. Tomografiyaga tushishyapti, o‘pkaning jarohatlangani, suv yiqqanini ko‘rishyapti. Bu davrda endi biz ambulator sharoitda yordam berolmaymiz.

Osma ukollardan keyin, kasallikning 5-6-kunida o‘pka suyuqlik yig‘ishni boshlayapti, o‘pka shishi kelib chiqyapti. Hozirgi kunda o‘layotgan bemorlarning hamma tashxisini ko‘ring: o‘pka shishishi!

Bular o‘zidan-o‘zi kelib chiqmayapti. Hammasi osma ukol ta’siri.

Buyraklarimiz u suyuqlikni chiqarib tashlashga ulgurmayapti. Bu yurak qobig‘ida ham suyuqlik yig‘ilishiga olib kelishi, jigarni ishdan chiqarishi mumkin.

Osma ukol olishdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing! Odamlar osma ukollardan voz kechsa, O‘zbekistonda o‘lim ko‘rsatkichi kamayardi" - deydi ekspert.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан