Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusda zaiflik aniqlandi. Unga ta’sir qiladigan dori ham topildi
18.08.2020 18:04,  
3635

Kompyuter modellashtirish shuni ko‘rsatmoqdaki, yallig‘lanishga qarshi ebselen preparati yangi turdagi koronavirusning asosiy kamchiliklaridan biri - asosiy proteaz Mpro'ning faoliyatiga qarshi kurashishi mumkin. 

Bu koronavirus infeksiyasini samarali davolash uchun asos bo‘lishi mumkin, deyiladi Science Advances ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada. 

"Asosiy proteaz - bu yangi turdagi koronavirusning asosiy oqsillaridan biri. Uni mavjud, ammo biroz "o‘zgartirilgan" dorilar bilan qo‘zg‘atish mumkin. Biz virusning hayotiy faoliyatida ishtirok etadigan barcha oqsillarni, ularning zaif tomonlarini va turli dorilarga reaksiyasini muntazam ravishda o‘rganib chiqdik", dedi tadqiqot mualliflaridan biri, Chikago universiteti professori (AQSh) Xuan de Pablo.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishidan ko‘p o‘tmay, olimlar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan SARS-COV-2 virusini mavjud yoki yangi dori-darmonlar ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan zaif tomonlarini qidirishni boshladilar. Ushbu maqsadlardan biri asosiy proteaz Mpro edi. Ushbu ferment patogenni asosiy hujayrada ko‘payishiga yordam beradi.

Oldingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Mpro'ga yallig‘lanishga qarshi va antioksidant dori ebselen ta’sir qilishi mumkin. U insult, ovozning yoki quloqlardagi tovushning eshitilmay qolishi va bipolyar shaxsiyatning buzilishiga qarshi yaratilgan.

Xuan de Pablo boshchiligidagi Chikago universiteti tadqiqotchilari proteaz va preparatning koronavirusga qarshi qanday ishlashini aniq tushunish uchun batafsil kompyuter modellarini yaratdilar. Ma’lum bo‘lishicha, ebselen Mpro faoliyatiga ikki yo‘l bilan ta’sir qilishi mumkin. Olimlar ilk marotaba ulardan birini topishdi.

Ikkala holatda ham preparat proteaz faolligiga halal beradi, shu bilan koronavirusning ko‘payishini oldini oladi. Olimlarning natijalari ebselenning COVID-19'ga qarshi kurashda istiqbolli dorilardan biri ekanligini tasdiqladi. U ushbu kasallikni davolash uchun ishlatilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан