Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusdan davolanishda ingalatsiyadan foydalansa bo‘ladimi?
17.10.2020 16:32,  
527

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koroanvirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytardi.

— Koronovirusdan uyda davolanishda nebulayzer orqali dori bersa bo‘ladimi? 

— Nebulazer bu suyuq dorini solish yo‘li bilan  dorini juda mayda zarrachalarga bo‘lib o‘pka to‘qimasini eng chuquriga yetkazib beruvchi yaxshi natijalar beruvchi tibbiy moslama.  Nebulayzer  nafas olish tizimi kasalliklarida, o‘pkani surunkali kasalliklarida, respirator kasallik, mukovissidoz, bronxial astma kasalliklarida qo‘llanilladi. 

Surunkali kasalliklari bor bemorlarga  kasallik xuruji paytida uy sharoitida ingalyasiya (dori moddalarini nafas yo‘llariga kiritish)ni yoki nafas olishga yordam beruvchi qurilma (nebulayzer)dan foydalanishni tavsiya etishimiz mumkin. Lekin koronovirus kasalligida neybulayzer qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. 

Chunki bunda dorini mayda zarrachalarga bo‘lib berilishi bilan virus va dorilar hajmi bir xil bo‘lib qoladi hamda viruslarni ushbu yo‘l bilan o‘pka to‘qimasiga dori bilan birga yana ham chuqurroq kirishiga yo‘l ochib beramiz.

Ikkinchidan uyda davolanayotgan davrda virusni bug‘simon tarqalish yo‘li bilan atrofga tarqalishini tezlashtirishimiz va ko‘payishiga yo‘l ochib berishimiz mumkin. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан