Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusdan kuchli himoya hosil qilishning sharti ma’lum qilindi
4.11.2020 03:09,  
502

Koronavirusdan eng kuchli himoyani koronavirusdan sog‘ayib, keyin emlangan kishilar oladi. Bu haqda immunolog-allergolog shifokor Vladimir Bolibok ma’lum qildi.

“Koronavirusga chalingan va unga antitanalarga ega odamlar uchun vaksina qayta emlanishdek bo‘ladi. Ular yanada ko‘proq himoyaga ega bo‘ladilar”, deb aytgan mutaxassis.

Uning tushuntirishicha, koronavirusdan sog‘ayganlarda antitanalar ishlab chiqilishi ularda kasallik qay tarzda kechganiga bog‘liq.

“Koronavirusni belgilarsiz o‘tkazgan odamlarda antitanalar titri kuchsiz bo‘ladi. Biroq uni og‘ir o‘tkazib, katta dozada steroid gormonlar olganlarda ham antitanalar miqdori kam bo‘ladi”, deb aytgan shifokor. 

Bolibokning ta’kidlashicha, bunday holatlarda yaxshiroq himoyaga ega bo‘lish uchun emlanish ayniqsa muhim hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан