Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3900 nafarga yaqinlashdi
13.06.2020 22:11,  
120

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Toshkentda 21 nafar va Navoiyda 14 nafar, jami 37 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Shu tariqa Qoraqalpog‘istonda jami kasallik qayd etilganlar  soni 138 nafar bo‘lib, endilikda shundan 136 nafari tuzaldi. Ayni paytda bu xududda davolanayotganlar soni 2 nafarni tashkil etib, koronavirusdan xoli bo‘lishga yaqin turibdi.

Toshkent shahri va viloyatida jami kasallik aniqlanganlar soni 2713 nafar bo‘lib, endilikda shundan 1875 nafari sog‘aydi.
Ayni paytda poytaxtimizdagi davolash muassasalarida 827 nafar infeksiyaga chalingan bemor davolanmoqda. 

Navoiyda esa shu paytgacha 260 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun viloyatda  shifo topganlarning soni 181 nafarga yetdi. Shu kunlarda navoiylik shifokorlar 79 nafar bemor hayoti uchun uchun kurashmoqda.

Shunday qilib, hozirgi soatgacha  mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar  soni  3874 nafarni tashkil etmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан