Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan ta’minlanadi
17.07.2020 12:17,  
718

Joriy yilning 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda 15 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish masalalari muhokama qilindi.

Koronavirus simptomlari kuzatilmagan bemorlar uyda qanday davolanishlari kerak? (ekspert tavsiyalari)

Jumladan, pandemiya davrida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uzluksizligini ta’minlash, koronavirusga tekshiruvlarni tezkor va samarali tashkil etish va bemorlarni kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha birinchi galda qilinadigan ishlarga e’tibor qaratildi.

Komissiya yig‘ilishida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilinib, ularga yetkazib beriladigan dori-darmonlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Bundan buyon koronavirus kasalligidan uyida davolanayotgan bemorlarga «Gidroksixloroxin», «Azitromitsin», «Paratsetamol», «Vitamin S» kabi dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan me’yorda, bepul yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha test natijalari musbat natija bergan hamda kasallik yengil kechayotganligi sababli shifokorlar tavsiyasiga asosan uyida davolanayotgan bemorlar mazkur tibbiy vositalar bilan bepul ta’minlanadi.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda tegishli idoralarga zudlik bilan mazkur dori-darmonlarning 50 mingta to‘plamini shakllantirish va uyida davolanayotgan bemorlarga yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан