Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston koronavirusdan xavfsizlik darajasi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda?
9.06.2020 08:10,  
1807

Deep Knowledge Group kompaniyasi va notijorat tashkilotlarning konsorsiumi (Gonkongda 2014 yilda tashkil etilgan Deep Ventures Knowledge investitsiya fondiga tegishli) hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston koronavirusdan xavfsizlik darajasi bo‘yicha dunyoda 121-o‘rinni egalladi.

Hisobot katta ma’lumotlar bazasi asosida tayyorlangan. Tahlilchilar karantin samaradorligi, koronavirus holatlarini monitoring qilish va aniqlash, sog‘liqni saqlash tizimining tayyorgarligi va davlat tomonidan qabul qilingan choralar samaradorligi kabi omillar bo‘yicha 130 miqdoriy va sifat parametrlari va 11,400 dan ortiq ma’lumotlar elementlarini o‘rganishdi. Umuman olganda, mutaxassislar 200 mamlakatni o‘rganishdi.

Kuchli o‘nlikka Shveysariya, Germaniya, Isroil, Singapur, Yaponiya, Avstriya, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya kiradi. So‘nggi o‘rinlarni Liberiya, Afg‘oniston, Chad, Mali, Ruanda, Janubiy Sudan egalladi.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston o‘ninchi o‘rinni egalladi. Mintaqadagi davlatlar reytingi quyidagicha:

  • Gruziya (39 o‘rin);
  • Rossiya (61 o‘rin);
  • Belarus (63 o‘rin);
  • Ukraina (66 o‘rin);
  • Qozog‘iston (71 o‘rin);
  • Ozarbayjon (75 o‘rin);
  • Armaniston (81 o‘rin);
  • Moldova (82 o‘rin);
  • Qirg‘iziston (108 o‘rin);
  • O‘zbekiston (121 o‘rin);
  • Tojikiston (124 o‘rin);
  • Turkmaniston (131 o‘rin).

9 iyun 8:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 4440 ta koronavirus holati qayd etilgan. 18 nafar bemor vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан