Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusdan yana 200 ga yaqin kasallanish va 2 ta o‘lim qayd etildi – O‘zbekiston
8.08.2020 17:07,  
445

2020 yil 8 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29652 (+193) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 131 nafari Toshkent viloyatida, 62 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 53 yoshli D.T. (ayol) hamda Sergeli tumanida yashagan 64 yoshli A.Z. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 328 nafar, Toshkent viloyatida 215 nafar, Surxondaryo viloyatida 30 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar hamda Navoiy viloyatida 4 nafar, jami 626 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 21006 (+626) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (70 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8459 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан