Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi. Toshkent va Andijonda aholi orasidan kasallik aniqlandi
4.07.2020 05:33,  
1016

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, poytaxtimizda yashovchi 77 yoshli N. G. shu yilning 7 iyunidan 16 iyungacha Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan.

Shu yilning 23 iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

U oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

Bemorga (ayol) Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Shu yilning 2 iyul kuni standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 29 kishiga yetdi. Ushbu virusni jami 9396 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 6251 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

2020 yil 3 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9396 (+70) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent viloyatida, 14 nafari Samarqand viloyatida hamda 9 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafar Andijon viloyatida va 3 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6251 (+217) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatimizda 3116 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan keltirilgan ushbu jadvalda 3 iyul holatiga koronavirus bilan bog‘liq statistika keltirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан