Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusdan vafot etgan O‘ktam Barnoyev Germaniyada davolangani aytilmoqda
21.09.2020 10:02,  
1914

Kecha, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 56 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etganini ma’lum qilgan edik.

«Gazeta.uz» nashri hukumatdagi o‘z manbalariga tayanib yozishicha, siyosatchi so‘nggi vaqtlarda Germaniyada davolanayotganini ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, marhum insultni boshidan kechirgan va shundan so‘ng, bosh miyasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Germaniyaga olib ketilgan hamda o‘sha yerda vafot etgan.

Ayni vaqtda Buxoroda dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani va prezidentning Buxoroga borishi kutilayotgani xabar qilinmoqda.

Shuningdek, iyul oyi oxirida O‘ktam Barnoyevda koronavirus aniqlangani va poytaxtdagi xususiy Akfa Medline shifoxonasida davolanayotgani ham xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан