Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga chalinganda suvni issiq holda ichish kerakmi yoki iliq holatda?
6.08.2020 18:41,  
992

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Koronavirusga chalinganda ko‘proq suv ichish to‘g‘risida maslahat berishyapti. Suv issiq holda ichilishi kerakmi yoki iliq bo‘lishi kerakmi?

Javob: Koronavirusga chalingan bemorlar 30-37 daraja atrofida suyuqliklarni ichishi mumkin.

Lekin bemorda isitma 38 daraja va undan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa issiq ichimlik va suyuqliklarni ichish mumkin emas. Ovqatlar issiqligi ham 37-40 daraja bo‘lishi kerak.

Savol: Koronavirus bilan kasallanganda buyrak bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga chiqishi mumkinmi?

Javob: Koronavirus infeksiya fonida surunkali buyrak kasalliklari avj olishi mumkin.

COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishida buyrak shikastlanishi kuzatiladi. Bundan tashqari o‘ta yuqori xavf toifasidagi bemorlar - bemorlar – bu dializ muolaja oluvchilar.

Buyrak patologiyasi bilan bog‘liq muammolarni oldini olish maqsadida shifokor tomonidan shunga tegishli laborator ko‘rsatkichlar nazorat qilinadi: misol umumiy peshob tahlili, kreatinin miqdori, koptokchalar filtratsiyasi va hokazo.

Savol: Koronavirus infeksiyani oldini olish maqsadida immunitetni oshiruvchi dori vositalarni qabul qilsa bo‘ladimi? Va qaysi dorilarni ichish mumkin?

Javob: Koronavirusga qarshi immunitetni oshiruvchi dori vositalar yo‘q. Lekin sog‘lom turmush qoidalariga rioya qilgan holda immunitetni mustahkamlash mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан