Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga chalinganlar O‘zbekistonning qaysi hududidan? Bemorlar qayerda davolanmoqda?
31.03.2020 16:08,  
1660

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan xastalanganlar 158 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 73 nafari erkak, 85 nafari ayollar bo‘lsa, shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning aksariyati poytaxtimizda muolaja olishmoqda va ular orasida yurtimizning turli hududlaridan bo‘lgan fuqarolarimiz ham bor.

Jumladan, hozirda Toshkent shahrida yurtimiz bo‘yicha eng ko‘p bemor, ya’ni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida jami davolanayotgan 92 nafar bemordan 7 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 1 nafari vafot etgan.

Hududlar kesimi bo‘yicha: Toshkent shahridan 73, Buxorodan 2, Qashqadaryodan 2, Navoiydan 2, Samarqanddan 7, Sirdaryodan 1 hamda Toshkent viloyatidan 5 nafar bemor poytaxtimizdagi ushbu tibbiyot muassasasida davolanmoqda.

Qolgan 66 nafar bemor (shundan bir nafari vafot etgan) mamlakatimizning turli hududlaridagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 26 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Farg‘ona ushbu ko‘rsatkich bilan Toshkent shahridan keyingi o‘rinda turadi. Ularning 9 nafari farg‘onalik. Qolgan 4 nafari andijonlik, 1 nafari jizzaxlik, 3 nafari samarqandlik,7 nafari poytaxtlik, 2 nafari Toshkent viloyatidan. Kasallikka chalinganlarning 17 nafari shu yilning 25 mart kuni bitta reysda Turkiyadan Farg‘onaga charter reysda kelishgan yo‘lovchilar orasida aniqlangan. Shu kuniyoq ular statsionar karantinga olinib, kasallik tasdiqlangach ixtisoslashgan tibbiyot muassasasiga o‘tkazilgan.

Namangan viloyatida esa 15 holatda ushbu infeksiya aniqlangan. Ularning 13 nafari 12 va 13 mart kunlari Turkiya safarida bo‘lib qaytishgan ikki nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan fuqarodan yuqtirib olishgan. Ayni paytda bemorlar viloyat yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonada davolanmoqda. Ilgari xabar berganimizdek, bir nafar bemor vafot etgan.

Andijon viloyatida 8 nafar bemor bor va ularning barchasi andijonliklar. Bundan tashqari boshqa viloyatlarda yana 6 nafar andijonlik bemor bor — 2 nafari Buxoroda, 4 nafari Farg‘onada viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Hozirda bir nafar xorazmlikda ushbu infeksiya tasdiqlangan. Ammo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bundan tashqari, yana 5 nafar bemor davolanmoqda. Ularning 2 nafari surxondaryolik, 1 nafari buxorolik, 1 nafari qoraqalpog‘istonlik, 1 nafari esa farg‘onalik hisoblanadi.

Buxoro viloyatida 8 nafar, jumladan, Andijon va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo viloyati hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 1 nafardan bemor davolanmoqda. Ularning 4 nafari 22 mart kuni Istanbul – Buxoro charter reysida va yana 4 nafari esa 24 mart kuni Moskva – Buxoro charter reysida kelgan va karantinga olingan, kasalligi tasdiqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlaganimizdek, Moskvadan charter reysida kelib, kasalligi tasdiqlangan 2 nafar buxorolik poytaxtimizda va 22 martda Moskvadan charter reysida Urganchga uchgan bir nafar ushbu viloyat fuqarosi Xorazm yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Ayni vaqtgacha uch nafar qashqadaryolikda ushbu infeksiya aniqlangan. Shundan bemor bilan muloqot orqali ushbu infeksiyaga chalinib bir nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bo‘lsa, qolgan 2 nafari 21 mart va 28 mart kunlari Moskvadan kelgan shahrisabzlik va yakkabog‘lik fuqarolarda aniqlangan. Ular poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida muolaja olishmoqda.

Navoiy viloyatidan ham 2 nafar asli ushbu hududdan bo‘lgan va kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda infeksiya aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan muassasada davolanmoqda.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar haqida batafsil ma’lumot berib borishda davom etishini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан