Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga chalinganlar soni 10 mingdan oshib ketdi — O‘zbekiston
6.07.2020 06:07,  
482

2020 yil 5 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10020 nafarni tashkil etmoqda.

Koronavirus bilan bog‘liq statistika har doimgidek kuniga 3 marta: soat 10:00 da, 17:00 da hamda 23:30 berib borilmoqda.

Kun davomida mamlakatimizda 312 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 190 nafari Karantin muassasalarida, 121 nafari aholi orasida (shundan 84 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Samarqand viloyatida), 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida orasida aniqlangan.

5 iyul Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 159 nafar fuqaro sog‘aydi.  

Yurtimizda jami 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemorning vafot etgani ma’lum qilindi. Bu kunlik yangi antirekord sanaladi. Umuman, iyul oyining dastlabki 5 kunida 7 marta o‘lim holati qayd etildi.

Birinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashovchi 71 yoshli onaxon M.G. 30-iyun kuni koronavirus aniqlanganligi sababli Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, so‘nggi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. So‘nggi bir oy ichida esa rejali gemodializ muolajalarini olishni boshlagan.

Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan. 

Ikkinchi o‘lim. Toshkentda yashovchi 45 yoshli Z. ismli erkakda bir necha kun davomida koronavirus infeksiyasi alomatlari sezilib, tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik kuzatilgan. Bemor kasallik alomatlariga qaramay shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilmagan, uy sharoitida davolanishda davom etgan.

Oqibatda 2020 yilning 30 iyun kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga o‘ta og‘ir holatda, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan olib kelinib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga yurak ishemik kasalligi, o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

Biroq shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan. 

Uchinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashovchi, 49 yoshli N.U. ismli ayol bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmagan.

3 iyul kuni bemor xususiy klinikada koronavirusga tahlil topshirgan. Shu kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli 7-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Unga ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, koma I tashxisi qo‘yilgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. 49 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgan Toshkentdagi 20, O‘zbekistondagi 34 bemor bo‘ldi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3402 nafar bemordan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 42 895 nafar, statsionar karantinda esa 25 021 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан