Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga chalinganlar soni 12 millionga yetdi
9.07.2020 09:28,  
120

9 iyul, payshanba kuni dunyoda yangi turdagi koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 12 milliondan oshdi. Koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida yuritadigan Jon Xopkins univeristeti ma’lumotlari bundan darak bermoqda. 

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 12 007,327 kishi koronavirus bilan kasallangan, ulardan 548,799 kishi vafot etgan. Eng ko‘p infeksiya holatlari AQSh (3 051 427) da qayd etilgan, undan keyin Braziliya (1 713 160) va Hindiston (742 417).

Rossiya qayd etilgan holatlar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha federal tezkor shtabga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida 700 792 ta yuqtirish holati qayd etilgan, 472 511 kishi tuzalib, 10 667 kishi vafot etgan.

JSST rahbari Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalish tezligi ortdi. 11 millionlik "marra" 4 iyul kuni zabt etilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан