Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga chalinganlarda xotira pasayishi ham kuzatiladimi?
20.08.2020 11:27,  
298

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda muhim savollarga javob berildi:

Savol: Koronavirus infeksiyasi kasalligidan so‘ng xotiram pasayganini sezdim. Shunaqa bo‘lishi mumkinmi? Xotiram o‘z holiga keladimi, buning uchun qanday muolajalar qilishim kerak?

Javob: Mumkin. Kasallik o‘rta va og‘ir kechgan bo‘lsa test natijalari manfiy chiqishi bemor tezda oldingi holatiga keladi degani emas.

Bemorda tez charchash, holsizlik, ta’m va hid bilishni sezmasligi, kurak sohasidagi og‘riqlar, yo‘tal, depressiya holatlari, xotirani pasayishi kuzatilishi mumkin.

Kasallik yengil kechsa ham asorati bo‘ladi. Lekin barcha a’zolar faoliyati sekin-asta yaxshilanadi.

Asoratlar bir necha hafta yoki oy ichida yo‘qolishi mumkin, ammo ba’zi odamlarda bu uzoqroq vaqt davom etishi ehtimoli ham mavjud.

Xotirani tezroq oldingi holiga qaytarish uchun quyidagilarni tavsiya etiladi:

  • - jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning. U miya faoliyatini tiklashga yordam beradi;
  • - kognitiv funksiyani tiklashga yangi qiziqishlar (xobbi), jumboq mashg‘ulotlar, so‘zli va raqamli o‘yinlar, xotirani tiklovchi mashqlar va kitob o‘qish yordam beradi;
  • - o‘zingiz uchun qilishingiz kerak bo‘lgan ishlarni nechada va qaysi kuni bajarishingiz haqida eslatib turish uchun turli xil eslatmalardan foydalaning;
  • - masalan, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlaringiz ro‘yxatini tuzib yozing, turli eslatmalar va telefon tovushlaridan foydalanishingiz mumkin;
  • - rejalashtirilgan ishlaringiz murakkab va hatto imkonsiz bo‘lib ko‘rinmasligi uchun ularni alohida harakatlarga bo‘lishingiz kerak;
  • - vitaminga oziq ovqatlar, meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан