Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi
22.06.2021 08:31,  
191

Respublika maxsus komissiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va ilmiy markazlar olimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bog‘liq epidemiologik vaziyat hamda ushbu infeksiya bilan kasallanish holatlarini oldini olishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mas’ul rahbarlar hisobotlari eshitilib, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini oldini olishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Birinchi navbatda kasallik profilaktikasiga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, aholi tomonidan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash kabi sanitariya-epidemiologiya talablari nazoratini olib borish yuzasidan tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlarida aholi faolligini oshirish maqsadida, 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolarni hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini xavf osti guruhiga mansub aholi qatlami qatorida bosqichma-bosqich Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan emlash tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, so‘nggi kunlarda infeksiya bilan kasallanish holatlari biroz ortganligini inobatga olib, hududlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga yo‘naltirilgan tibbiyot muassalarining tayyorgarlik holatini tahlil qilish va zarur dori vositalari zaxirasini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi kunlarda ayrim qo‘shni mamlakatlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligi, shu jumladan mamlakatimizda ham ushbu infeksiya bilan kasallanish biroz ortganligini inobatga olib halqimizdan shaxsiy mas’uliyatni oshirgan holda jamoat joylarida niqobda bo‘lish va ijtimoiy masofani saqlash kabi talablarga rioya etishlarini so‘rab qoladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан