Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi immunitet uzog‘i bilan qancha vaqt saqlanib qoladi?
6.10.2020 12:07,  
190

«Vektor» markazi (Rossiya) laboratoriyasining sobiq rahbari Aleksandr Chepurnov koronavirusga qarshi immunitet virusga chalinib sog‘ayganlarda taxminan yarim yil saqlanib qolishi mumkinligini aytdi

Mutaxassisning ta’kidlashicha,  koronavirusga chalinganlarda 3-4 oydan keyin antitanalar miqdori kamaya boshlaydi va to‘liq yo‘qolishi mumkin. 5-6 oydan keyin esa immunitet koronavirus antigeniga umuman javob bermay qo‘yadi.

«Shu sababli koronavirusga qarshi paydo bo‘lgan immunitet — yarim yillik deb baholayman. Biz hozirda aynan shunday bemor ortidan kuzatmoqdamiz. U bir oy avval a’lo darajadagi immunitetga ega bo‘lib turib, birinchi kasallanishdan 6 oy o‘tib yana virusga chalindi.

Bundan kelib chiqsak, aprel va mayda kasallanganlar hozirda virusga qayta chalinish xavfi ostida», deb ogohlantirgan mutaxassis.

Chepurnovning fikricha, kasallanganlar sonining oshishi koronavirusga qarshi ommaviy immunitetni shakllantirishga yordam bermaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан