Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi immunitetni mustahkamlash uchun nimalar qilish kerak?
13.07.2020 12:03,  
2553

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Kun.uz muxbiri Ilyos Safarov bilan intervyuda muhim tavsiyalar berdi:

Kasallikdan himoyalanish uchun sanitar-gigiyenik qoidalarga amal qilishdan tashqari (bularni odamlar yodlab ham olishdi), yana qanday choralar ko‘rish lozim? Iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotlar, ovqatlanish qoidalari, kerakli dori va boshqa vositalarni nazarda tutyapman.

- Albatta, dori-darmon haqida gap ketganda fuqaro kasallik yuqtiradigan bo‘lsa, o‘z hududidagi shifokordan maslahat olishi kerak. O‘sha shifokor biladi bemordagi haqiqiy holatni. Har bir shaxs alohida individ.

Lekin biz aniq bilamiz, aytganingizdek, ehtiyot choralari haqida shunchalik ko‘p gapirdikki, uni odamlar yodlab oldi. Endilikda biz immunitetni ko‘taradigan, inson immun tizimini barqaror ushlaydigan vositalar haqida ko‘proq ma’lumot berishimiz kerak.

Biz bu borada tajribamizdan aniq bilamizki, inson o‘z immunitetini mustahkamlashi uchun to‘yib uxlashi, yaxshi dam olish, xotirani jamlashi, ortiqcha asabiylashmaslik, to‘yib ovqat yeyishi (me’yorni buzmagan holda) va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi hamda zararli odatlardan (ichkilik, chekish va h.k.) voz kechish kerak.

Yana bir kerakli maslahat: O‘zbekistondagi har bir maysa bu giyoh. Buni hech qachon inkor qilish kerak emas. O‘zbekiston sharoitidagi damlamalar, ya’ni u peshob haydaydiganidan tortib o‘t suyuqligini haydaydigan, oshqozon ichak tizimini yaxshilovchi, ovqat-hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir qiladigan, qo‘yingki, har bir kasallikda davo hisoblanadi.

Giyohlardan tayyorlangan damlamalarni, turli mevalarni ko‘proq iste’mol qilish. Bularning barchasi bizning immun tizimimizga ijobiy ta’sir qiladi. Bir narsani e’tibordan chetda qoldirish kerak emas, bizda turli giyohlardan tayyorlangan va juda arzon narxda sotiladigan damlama va dori vositalari ko‘p.

Ahamiyat beradigan bo‘lsak, o‘simliklardan tayyorlangan vositalar bizning amaliyotimizda keskin kamayib ketgan. Biz asosan kimyoviy yo‘l bilan olingan dorilarni qabul qilyapmiz. Bu juda zararli. Borib-borib qaysidir organlarimizga albatta zarar yetkazadi.

Shunday ekan, biz turli o‘simliklar: na’matakdan tortib, kiyik o‘ti, makkajo‘xori tuklari, romashka guli va ayniqsa tog‘da o‘sadigan dorivor o‘simliklarni iste’mol qilishni kanda qilmasligimiz kerak. Imkon qadar kimyoviy dori vositalardan foydalanmaylik.

Insonning hatto ichadigan suyuqliklari tarkibida ham damlamalar bo‘lishi kerak.

Tabiat ne’matlaridan uzoqlashmaslik kerak. Masalan, isiriq o‘simligining ham foydasi juda katta.

Bundan tashqari, oddiy yong‘oqni oling, u miya to‘qimalari faoliyatini yaxshilaydi. O‘rik va uning turshagi yurakka darmon" - dedi Nurmat Otabekov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан