Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: “Dezinfeksion tunnellarning foydasi bo‘lmadi deyish - xato”
7.09.2020 17:12,  
165

Bugun AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov dezinfeksion tunnellarni umuman foydasi bo‘lmadi, deb baholash xato fikr, deb atadi.

"Birgina o‘tkir ichak yuqumli kasalliklarini 2019 yil 6 oyligiga nisbatan, joriy yil shu davrida 61 foizga kamayganligi, virusli gepatit “A” turi 76 foizga kamayganligini o‘zi ushbu dezinfeksiya choralarini yuqumli kasalliklarning tarqalishida o‘rin tutganligini bildiradi.

Bugungi kunga qadar dezinfeksiya tunnellarini koronavirusga qarshi ta’sir samarasi qaysidir mamlakat tomonidan o‘rganilganligi to‘g‘risida rasmiy maqolalar chop etilmagan", deydi Rustam Ikromov.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi dezinfeksiya tunnellari – koronavirusga qarshi foydasiz, inson organizmiga zarar, deb baholagan edi.

— Dezinfeksiya tunnellarida foydalaniladigan xlorli eritmalar tibbiyotda juda  ko‘p yillardan beri  ishlatiladi va uning inson organizmiga  xatarli ta’siri juda kuchli, degandi Respublika  ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova. 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан