Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi kurashda qatnashayotgan tibbiyot va boshqa soha xodimlariga ustamalar to‘lanadi
16.04.2020 11:03,  
727

Avval xabar qilganimizdek, “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekistonda ijtimoiy xarajatlardan boshqa byudjet xarajatlari kamaytiriladi.

Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari birinchi navbatda qaysi sohalarni moliyalashtirishi ma’lum qilindi.

Korona effekti: O‘zbekistonda ijtimoiy xarajatlardan boshqa byudjet xarajatlari kamaytiriladi

O‘zbekistonda birinchi navbatda qaysi sohalar moliyalashtirilishi aytildi

Shuningdek, qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

– uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etayotgan tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari xodimlari, shu jumladan, yordamchi xodimlar hamda mazkur tadbirlarga jalb qilinayotgan boshqa tashkilot xodimlariga 2020 yilning 16 martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qo‘shimcha ustamalar to‘lash bo‘yicha taklif kiritadi.

– besh kun muddatda tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qo‘shimcha ravishda binolar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан