Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi vaksina olganlarning niqob taqmasligi to‘g‘rimi?
19.05.2021 16:52,  
52

Ayrim davlatlarda vaksina olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilayotgan ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri? SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

— Vaksinatsiya jarayonlariga aholining 60-70 foizi qamrab olinishi ta’minlansa, ommaviy immunitet hosil qilinishi to‘g‘risida ko‘p bora ta’kidlaymiz. Ommaviy immunitetning hosil qilinishi koronavirus infeksiyasini nazorat qilish va yengib chiqishda erishilgan katta yutuqdir.

Vaksinatsiyaning to‘liq bosqichlarini olgan inson organizmida koronavirus infeksiyasidan himoya qiluvchi immun hujayralari ishlab chiqiladi. Mazkur hujayralar qancha muddat himoya qilishi borasida to‘liq ma’lumot bo‘lmasa-da, bu hujayralar titri yuqori bo‘lgan davrda insonga koronavirus infeksiyasi yuqmaydi.

Albatta, bunday holatda vaksinatsiya to‘liq bosqichlarini olgan va immunitet hujayralari mavjud insonlargina niqobsiz yurishi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin.

Ba’zi davlatlarda vaksinatsiya olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilishi, shu davlatlar aholisi orasida emlanganlar salmog‘i 50 foiz va undan ham ko‘proq bo‘lganligi hamda aholi orasida ommaviy immunitet hosil qilinishiga asos mavjudligi bois bo‘lishi mumkin. Lekin bunday davlatlar juda ham sanoqli.

Shuni unutmaslik kerakki, o‘tayotgan pandemiya davri tibbiy niqoblar va o‘zaro masofa saqlashning samarasini isbotlab berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан