Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan BioNTech kompaniyasi rahbari dunyodagi eng boy 500 odam qatoriga kirdi
5.12.2020 19:49,  
225

Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan Germaniyaning BioNTech biotexnologiyalar kompaniyasi asoschisi Ugur Shaxin dunyoning eng boy 500 odami ro‘yxatiga kirdi. Bir yil davomida Shaxinning kompaniyasi narxi 250 foizga qimmatladi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Shaxin 5,1 milliard dollar shaxsiy kapital bilan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 493-o‘rinni egalladi. Uning aktivlari qiymati Buyuk Britaniya BioNTech tomonidan Pfizer bilan hamkorlikda yaratilgan vaksinadan foydalanishni ma’qullaganidan keyin keskin oshgan.

Kelib chiqishi turk bo‘lgan olim Ugur Shaxin BioNTech kompaniyasiga 2008 yilda milliarderlar Tomas va Andreas Shtruengmannlar yordami bilan asos solgan. Shaxinning rafiqasi Ozlem Tyurechi kompaniyaning bosh shifokori va immunologi hisoblanadi. Shaxinning o‘zi BioNTech aksiyalarining 18 foiziga egalik qiladi.

BioNTech aksiyalarining, taxminan, 50 foizi aka-uka Shtruengmannlarga tegishli, ular sog‘liqni saqlash sohasida dunyodagi eng boy odamlardan biri hisoblanadi.

Avvalroq Ugur Shaxin kelayotgan qish qiyin bo‘lishini, chunki vaksinalar COVID-19 bilan kasallanish holatlari soniga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga ulgurmasligini aytgandi.

Ayni paytda AQSh va Yevropa Ittifoqida Pfizer va BioNTech tomonidan ishlab chiqilgan vaksinaning xavfsizligini baholash ishlari olib borilmoqda. Avvalroq mazkur kompaniyalar klinik sinovlarning yakuniy — uchinchi bosqichida vaksinaning samaradorligi 95 foizni tashkil etganini ma’lum qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан