Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi vaksina tayyor: u qachon tarqatiladi?
19.11.2020 12:06,  
651

"Pfizer" va "BioNTech" kompaniyalari vaksina bo‘yicha so‘nggi sinovlar tugaganini e’lon qildi. Uchinchi bosqichda nomzod emdori 44 ming odam ustida sinovdan o‘tkazilgan va 95 foizdan ortiq ishtirokchida virusga qarshi himoya shakllangan, ya’ni vaksinaning samaradorligi 95 foizdan yuqori.

Sinov paytida jiddiy salbiy ta’sirlar aniqlanmagan; 2-dozadan keyin 3,7 foiz odamda charchoq alomatlari, 2 foizida esa bosh og‘rishi kuzatilgan.

Muhimi - bu vaksina barcha yosh va irqdagi odamlarda bir xil samara bergan. Qizig‘i - keksalarda virusga qarshi immunitet yoshlarga qaraganda kuchliroq bo‘lgan. 

Vaksina qachon ommaviy foydalanishga chiqariladi?

Vaksinani qo‘llashni boshlash bo‘yicha Yevropada tegishli idoralarga allaqachon ariza topshirilgan, bu hafta AQShda ham uni ro‘yxatga olish bo‘yicha murojaat qilinishi kutilyapti.

Xullas, ishlaydigan, koronavirusni 95 foiz holatda to‘xtata oladigan vaksina deyarli tayyor bo‘ldi. Uni endi katta miqdorda ommaviy ishlab chiqarish va tarqatish kerak bo‘ladi. Bu narsa oylab, hatto yillab vaqt olishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rejasi bo‘yicha, rasman tasdiqlangan vaksinalar bir necha davlatda bir paytning o‘zida ishlab chiqariladi va barcha davlatlarga birdek tarqatiladi. 

Ishlab chiqarish darhol boshlanadimi?

Katta miqdorda ishlab chiqarish darhol boshlanishi mumkin, ammo foydalanish uchun rasman ruxsat berishga yana bir necha hafta vaqt ketishi ehtimoli bor. 

Masalan, AQSh Oziq-ovqat va dori-darmon administratsiyasi vaksinaga ruxsat berishdan oldin maxsus ekspertlar guruhini tuzib, kompaniya olib borgan barcha sinov ma’lumotlarini yaxshilab o‘rganib chiqadi va kompaniya da’vo qilayotgan natijalar to‘g‘riligi tasdiqlangandan keyingina uni jamoatchilik orasida ishlatishga ruxsat beradi.

Ayni paytda, odatda, bunday kashfiyotlar amalda tatbiq etilishidan oldin ilmiy jurnallarda e’lon qilinishi, olimlar tomonidan sinov jarayonlari to‘g‘ri o‘tkazilgani o‘rganilishi va tasdiqlanishi kerak. Bu esa bir necha oy vaqt olishi mumkin.

Hozir favqulodda bir davrda yashayotganimiz uchun bu jarayonlar tezlashishi ham mumkin.

Vaksinani tarqatish bilan bog‘liq muammolar

Bitta jiddiy muammo bor: "Pfizer" vaksinasi juda sovuq joyda saqlanishi kerak. Kompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, vaksina yaroqlilik xususiyatini yo‘qotmasligi uchun -70oC daraja sovuqda saqlanishi lozim. 

1000 tadan 5000 tagacha dozadan iborat vaksina quruq muz bilan o‘ralgan maxsus qutilarda ishlab chiqarilishi kutilyapti. Bu qutilarni oddiy muzxonada faqat 5 kungacha saqlash mumkin, xolos va muzini yangilab turish kerak.

Vaksina hammaga yetadimi?

Vaksina ishlab chiqarishni boshidan moliyalagan AQSh kabi ba’zi davlatlar uni birinchilardan bo‘lib olish imtiyoziga ega. Ya’ni ular kompaniyalar bilan vaksina yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan.

"Pfizer" kompaniyasi yil oxirigacha 50 million, 2021-yil oxirigacha esa 1,3 milliard doza ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanini aytgan.  Bu yil ishlab chiqariladigan 50 million dozaning yarmini AQSh oladi. Koronavirusga qarshi vaksina ikki dozada qabul qilinishi kerak. Demak, bu yil AQShda 12,5 million odamgina "Pfizer" vaksinasidan foydalanishi mumkin, xolos. Ilk vaksinalar sog‘liqni saqlash xodimlariga berilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu hafta "Moderna" kompaniyasi ishlab chiqrayotgan vaksina ham so‘nggi sinovlarda 95 foizdan ortiq samara bergani ma’lum qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан