Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi
28.07.2020 09:44,  
110

«Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash bo‘yicha quyidagi kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:

- har bir oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil qilinadi hamda ular uchun soddalashtirilgan yo‘riqnoma ishlab chiqiladi;

- laboratoriya tekshiruvi amaliyotiga xususiy sektorni jalb qilgan holda ekspress-test va immunoferment tahlili usullari kiritiladi;

- aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olish va tahlil natijalarini 3 kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali xabardor qilish choralari ko‘riladi;

- tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi axborot almashish tizimi soddalashtiriladi – hisobotlar turi, davriyligi va boshqa qog‘ozbozliklar bilan bog‘liq jarayonlar elektron tizimga o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан